Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Rossiya bilan harbiy to‘qnashuv ehtimoli baholandi
AQSh admiralining qayd etishicha, SSSR tarqalganidan buyon Pentagonga yadroviy davlat bilan bevosita harbiy to‘qnashuv ehtimolini ko‘rib chiqishga to‘g‘ri kelmagan, ammo hozir vaziyat o‘zgardi.
Foto: Russian Defense Ministry Press Service / AP
AQSh qurolli kuchlari strategik qo‘mondonligi boshlig‘i admiral Charlz Richard AQSh harbiy-dengiz instituti nashri uchun yozgan maqolasida Rossiya yoki Xitoy bilan harbiy to‘qnashuv ehtimoliga baho berdi.
Admiralning qayd etishicha, SSSR tarqalganidan buyon Pentagonga yadroviy davlat bilan bevosita harbiy to‘qnashuv ehtimolini ko‘rib chiqishga to‘g‘ri kelmagan, ammo hozir vaziyat o‘zgardi.
"Rossiya yoki Xitoy bilan mintaqaviy inqiroz tezda yadro qurolidan foydalaniladigan nizoga aylanib ketishi ehtimoli mavjud. Agarda ularning fikricha, oddiy qurol turlaridan foydalanilganda mag‘lub bo‘lib, siyosiy tuzum yoki davlatga tahdid uyg‘onsa", - deb yozadi Richard.
Uning fikricha, Vashington raqiblari yadro qurolidan foydalanishi ehtimolini e'tiborsiz qoldirmasligi lozim. Admiralning ta'kidlashicha, AQSh mudofaa vazirligi terrorizmga e'tibor qaratgan paytda Rossiya va Xitoy tajovuzkorona siyosat olib borishni boshladi.
Richard bu harakatlarni javobsiz qoldirmaslikka, AQShni esa boshqa mamlakatlar tajovuzini to‘xtatish uchun "faol raqobat qilish"ga chaqirgan.
Mavzuga oid
22:55 / 23.02.2026
Ukrainadagi urushning 4 yili - suratlarda
21:40 / 23.02.2026
Epshteyn o‘z arxivlarini oltita maxfiy omborda yashirgan – OAV
18:52 / 23.02.2026
Trampning ikki ehtimoliy vorisi aytildi
18:35 / 23.02.2026