Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik talabalarning Rossiya hududiga kirishini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda
Rossiya oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan, pandemiya bilan bog‘liq vaziyat sababli vatanga qaytgan talabalarning Rossiya hududiga kirishini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda, deb xabar berdi «Dunyo».
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Moskva shahridagi bosh konsuli Valijon Niyozxo‘jayev Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba-yoshlar uyushmalari vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv ishtirokchilariga xorijda bo‘lib turgan paytdagi huquq va majburiyatlari to‘g‘risida ma'lumot berildi. Bundan tashqari, joriy yil mamlakatda yirik siyosiy voqea - O‘zbekiston prezidenti saylovi o‘tkazilishi kutilayotganiga oid axborot yoshlarga yetkazildi.
“Rossiya oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan, pandemiya bilan bog‘liq vaziyat sababli vatanga qaytgan talabalarning Rossiya hududiga kirishini tashkil etish masalasi O‘zbekiston Jahon yoshlar assotsiatsiyasi vakillari tomonidan Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetining MDH va Boltiqbo‘yi bo‘limi bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilayotgani ma'lum qilindi”, - deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, yoshlar birlashmalari vakillari chet elda o‘qish niyatida bo‘lgan o‘zbek yoshlari uchun uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash, huquqiy maslahatlar berish, shuningdek, malakali vatandoshlarni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat ahamiyatidagi loyihalarga jalb qilishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
10:42
“Faqat smartfoni yo‘qlarga taalluqli” - O‘zbekiston TIV Rossiyaning migrantlarga yangi talabi haqida
10:40
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelindi
09:49
Polshada ukrainalik yigit Rossiya razvedkasiga yordam berishda ayblandi
08:46 / 16.07.2026