Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va AQSh yadro qurollari to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirdi
AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, shartnomaning uzaytirilishi AQSh va uning ittifoqchilari xavfsizligini mustahkamlaydi.
Rossiya va AQSh strategik hujum qurollarini qisqartirish va cheklash to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirdi. Bu haqda Rossiya TIV xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Rossiya TIVda AQSh elchixonasi bilan shartnoma muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi kelishuv kuchga kirishi uchun muhim bo‘lgan ichki jarayonlar yakunlangani haqida notalar almashinuvi bo‘lib o‘tgan.
“Shartnoma qanday imzolangan bo‘lsa o‘sha ko‘rinishda, hech qanday o‘zgarish va qo‘shimchalarsiz 2026 yilning 5 fevraligacha amal qiladi", - deyiladi xabarda.
O‘z navbatida, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken shartnomaning uzaytirilishi AQSh va uning ittifoqchilari xavfsizligini mustahkamlashini aytdi.
“Shartnomaning uzaytirilishi Qo‘shma Shtatlar, uning ittifoqchilari va hamkorlari hamda butun dunyo xavfsizligini mustahkamlaydi. Cheksiz yadro poygasi barchamizni xatarga qo‘yishi mumkin edi”, deb ta'kidladi diplomat.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh shuningdek, kelgusi besh yilda barcha turdagi yadro qurollari ustidan nazorat bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar olib borishni mo‘ljallamoqda.
Mavzuga oid
09:15
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
09:00
Rossiyaning ommaviy hujumi: Kiyevda 4, Xarkivda 5 kishi halok bo‘ldi
08:59
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
08:45