Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baydenning maslahatchisi AQSh Rossiyani «yomon xulqi» uchun jazolashga tayyorligini bildirdi
Prezident saylovi arafasida Bayden xalqaro masalalarda AQShga asosiy tahdid Rossiya ekanligini aytgandi.
Jozef Bayden ma'muriyati AQShning tashqi siyosatini kuch pozitsiyasi bilan belgilaydi va bu Rossiyaga ham taalluqli. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan ma'lum qildi.
«Avvalgi ma'muriyatdan farqli ravishda biz Rossiyani amalga oshirayotgan barcha zararli harakatlari uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha choralar ko‘rmoqchimiz. Bu Amerika demokratiyasiga putur yetkazish, Yevropada odamlarni kimyoviy qurol yordamida zaharlash, kiberhujumlar va boshqa ko‘plab harakatlarni o‘z ichiga oladi. Biz buni o‘z vaqtida va o‘zimiz tanlagan shaklda bajaramiz. Bu Vladimir Putinni bizga yoqmaydigan ishlarni qilishdan to‘xtatadimi? Albatta yo‘q. Ammo ishonamizki, Rossiya tajovuzi va uning yomon xulqiga nisbatan yanada keskin munosabat chizig‘ini egallashimiz mumkin »,— dedi Sallivan.
Biroq bu AQSh o‘zaro manfaatli masalalar bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlik qilishi mumkinligini istisno qilmaydi.
Prezident saylovi arafasida Bayden xalqaro masalalarda AQShga asosiy tahdid Rossiya ekanligini aytgandi.
«Xavfsizligimiz va ittifoqimizga putur yetkazish nuqtayi nazaridan Amerika uchun hozirda eng katta tahdid – bu Rossiya deb o‘ylayman», — degandi u.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026