Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada koronavirusni qayta yuqtirish bilan bog‘liq yuzlab holatlar qayd etilgani ma'lum qilindi
Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Maksim Stepanovning so‘zlariga ko‘ra, qayta yuqtirish holatlari kasallikka birinchi marta chalingandan so‘ng oradan uch-olti oy o‘tgach qayd etilmoqda.
Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri Maksim Stepanov mamlakatda koronavirusni qayta yuqtirish bilan bog‘liq 600ga yaqin holat qayd etilganini ma'lum qildi.
Stepanovning so‘zlariga ko‘ra, qayta yuqtirish holatlari kasallikka birinchi marta chalingandan so‘ng oradan uch-olti oy o‘tgach qayd etilmoqda.
Bu holat vaksinadan samarali foydalanish uchun emlash o‘tkazishda hisobga olinadi, dedi u.
5 fevral holatiga ko‘ra, Ukrainada koronavirus yuqtirganlar soni 1 mln 237 mingdan oshgan, 22707 kishi vafot etgan.
Sutka davomida 4923 kishida kasallik aniqlangan.
O‘tgan yil dekabrida Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova dunyo bo‘yicha koronavirusni qayta yuqtirish bilan bog‘liq holatlar bir necha o‘ntani tashkil etganini aytgandi.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026