Jahon | 17:39 / 06.02.2021
2140
2 daqiqa o‘qiladi

JSST Yevropani koronavirusga qarshi emlashni jadallashtirishga chaqirdi

JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Hans Klyugening so‘zlariga ko‘ra, virus katta tezlikda tarqalmoqda.

Foto: Ian Forsyth / Getty Images

Yevropa aholini koronavirusga qarshi emlash kampaniyasini jadallashtirishi zarur. Shu bilan birga, farmatsevtika kompaniyalari ishlab chiqarish quvvatlarini keskin oshirishi lozim. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ana shunday chaqiriq bilan chiqdi.

 "Birinchidan, virus katta tezlikda tarqalmoqda, shu bois ko‘plab odamlar kasallikka chalinmoqda, bu esa shundoq ham zo‘riqib ishlayotgan sog‘liqni saqlash tizimlariga yanada og‘ir bo‘lishini anglatadi. Ikkinchidan, vaksinaning samaradorligi. Janubiy Afrika varianti qator muammolar keltirib chiqarishi to‘g‘risida dastlabki ma'lumotlar mavjud, ammo bunga hozircha ishonchimiz komil emas. Aynan shu sababli juda hushyor bo‘lishimiz kerak", - dedi JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Hans Klyuge.

Hozirda YeIning barcha mamlakatlarida vaksinatsiya faol amalga oshirilmoqda. Ispaniya  sog‘liqni saqlash vazirligi AstraZeneca vaksinasidan foydalanishga ruxsat berdi, ammo faqat 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lganlar uchun.

Italiya hukumati mart oxiriga qadar yetti million kishi emlanishini va'da qilmoqda. Keskin cheklovlardan so‘ng mamlakatning 20ta regionidan 15tasida bar va restoranlar ochildi. Muzeylar faoliyatiga ruxsat berildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid