Navoiy asarlari 7 tilda joylashtirilgan mobil ilova ishlab chiqildi
Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi o‘quvchilari Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan mobil ilova ishlab chiqishdi. Navoiy g‘azal va ruboiylari 7ta tilga tarjima qilinib, ilovaga joylangan. Tez orada uni AppStore va Google Play Market’dan yuklab olish mumkin bo‘ladi.
Bugun, 6 fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabida Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan mobil ilova taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot Alisher Navoiyning 580 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan dastur doirasida tashkil etildi.
Tadbirda ishtirok etgan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarovaning ma'lumot berishicha, yangi mobil ilova ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari yordamida ishlab chiqildi. Navoiy ijodi o‘zbek, ingliz, rus, fransuz, nemis, fors va arab tillariga tarjima qilinib, ilovaga joylangan. Shuningdek, unga g‘azal va ruboiylarning audioshakli ham kiritilgan.
“Har bir foydalanuvchining o‘z shaxsiy kabineti bo‘lib, unda foydalanuvchi o‘zi istagan g‘azal, ruboiy va hikoyalarni saqlab borishi hamda oflayn tarzda foydalanishi mumkin. Hozirda ilovaga 100dan ortiq g‘azal va ruboiy yuklangan”, – deya ma'lumot berdi dastur mualliflaridan biri Zabarjad Murodova.
Ma'lum qilinishicha, tez kunda ushbu ilova AppStore va Google Play Market’ga joylashtiriladi va undan barcha bepul foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Kun.uz tanqid qilgan masala bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlashni buyurdi
O‘zbekiston | 14:18
-
Istanbulga borishni rad qilgan Putin, Trampning Qatardagi trillionlik kelishuvlari va G‘azodagi shifoxonaga zarba – kun dayjesti
Jahon | 13:58
-
Maktablarda 60 ming o‘qituvchi 8-12 mln so‘m maosh olyapti - prezident
O‘zbekiston | 13:50
-
Bojxona organlari tomonidan fuqarolarga pulli xizmatlarni ko‘rsatish tartibi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:29
Mavzuga oid

13:30 / 11.02.2025
40 xonali katta bino – Navoiy tug‘ilgan kunda uning muzeyiga borish nega noqulay?

14:10 / 08.02.2025
Navoiyda Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan xalqaro simpozium bo‘lib o‘tmoqda

08:10 / 04.10.2023
Eronda Alisher Navoiy haqida film suratga olinishi mumkin

13:31 / 16.02.2023