Yoş dasturçi Saidburxon Şuhratov tomonidan işlab çiqilgan bu loyiha davlat rahbari Şavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan va uni respublika böylab joriy qiliş uçun 200 ming dollar grant ajratilgan. Maktab hududiga kirganda telefondagi öyin va ijtimoiy tarmoqlarni avtomatik tarzda bloklovçi mazkur platforma ayni vaqtda Andijondagi maktablarda sinovdan ötmoqda. Xöş, xalqaro taqiqlar iş berayotmagan global raqamli qaramlik davrida uşbu milliy ilova ösmirlarni onlayn qimor hamda virtual çalğişlardan qanday himoya qila oladi? Intervyuda şu haqda batafsil tanişişingiz mumkin.
2014 yilda ösmir smartfonda kuniga örtaça bir yarim soat vaqt ötkazgan bölsa, bugun mazkur körsatkiç 8 soatdan köproqqa yetdi. Bu kunning uçdan bir qismi virtual dunyoga qurbon qilinayotganini anglatadi.
Butun dunyo kelajak avlodni raqamli qaramlikdan saqlab qoliş uçun kuraşmoqda. 10 ga yaqin davlatlarda yoşlar uçun internet qonun bilan çeklab qöyilgan. Özbekistonda esa hozirça davlat darajasida bunday çeklovlar yöq.

Andijonlik 11-sinf bitiruvçisi Saidburxon Şuhratov bu muammoga intellektual yeçim taklif qildi. U öquvçilarning dars qiliş jarayonida fokusi boşqa narsalarga çalğib ketmasligini ta’minlovçi “Tikonça” nomli maxsus ilova şakllantirdi. Platforma orqali maktab hududiga kirganda öquvçilarning telefonidagi vaqtni behuda sarflovçi öyin va turli ilovalar avtomatik bloklanadi.
“Tikonça” mobil ilovasi ayni paytda Andijon maktablarida pilot versiyada işga tuşirilgan. Belgilangan talablar asosida tasdiqdan ötsa, butun respublika böyiça joriy etiş reja qilingan.

“Tikonça” qanday işlaydi?
“Tikonça” – maktab öquvçilari uçun işlab çiqilgan, raqamli nazorat va fokusni saqlaşga möljallangan mobil ilova bölib, uning asosiy vazifasi dars jarayonida telefon sababli çalğişni kamaytirişdan iborat. Platforma öquvçi, ota-ona, ustoz va maktab tizimini birlaştirgan holda işlaydi va smartfondan foydalanişni “çeklaş emas, boşqariş” tamoyiliga asoslanadi.
Ilovani işga tuşiriş uçun foydalanuvçi dasturni Play Market yoki App Store'dan yuklab oladi, öquvçi sifatida röyxatdan ötadi va öz maktabini tanlaydi. Tizim GPS orqali maktab lokatsiyasini aniqlaydi va öquvçi şu hududga kirişi bilan avtomatik tarzda belgilangan rejim işga tuşadi. Natijada ijtimoiy tarmoqlar, öyinlar va vaqtni behuda sarflovçi ilovalar bloklanadi, faqat zarur funksiyalar qoladi.

Asosiy çeklov funksiyalari
“Tikonça” ilovasining asosiy boşqaruv tizimi uç turdagi aqlli çeklovga asoslangan bölib, ular ota-ona va maktab rahbariyatiga öquvçining smartfondan foydalanişini tartibga soliş imkonini beradi. Uşbu yondaşuv telefonni töliq taqiqlaş emas, maqsadli va me’yorida işlatişga yönaltirişga qaratilgan. Quyida tizimning asosiy funksional yönalişlari keltiriladi:
1. Hududiy çeklov (GPS): maktab, öquv markazi yoki uy hududi belgilanadi. Öquvçi uşbu hududga kirişi bilan uning telefonidagi ijtimoiy tarmoqlar, öyinlar va köngiloçar saytlar avtomatik ravişda bloklanadi. Faqat luğatlar va darsliklar kabi foydali ilovalar oçiq qoladi.
2. Vaqt jadvali: masalan, tungi soat 22:00 dan 07:00 gaça faqat qönğiroq va SMS funksiyasini qoldirib, qolgan hamma narsani çeklaş mumkin. Bu bolaning töyib uxlaşini ta’minlaydi.
3. Işlatiş davomiyligi (limit): Telegram yoki Instagram öquvçiga kerak bölişi mumkin, lekin unda soatlab vaqt yöqotmasligi uçun kuniga maksimal 1 soatlik limit qöyiladi. Limit tugagaç, ilova yopiladi.

Ota-ona boşqaruv paneli
“Tikonça” ilovasining ota-ona boşqaruv paneli farzandning telefondan qanday foydalanayotganini masofadan turib köriş va boşqariş imkonini beradi. Ota-ona ilova orqali bolaning kunlik va haftalik ekran vaqtini bilib oladi, qaysi ilovada qança vaqt ötkazilgani haqida aniq ma’lumotga ega böladi.
Şu bilan birga, ota-onalar har bir ilova uçun alohida çeklov qöyişi mumkin. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarga kunlik vaqt belgilaş, öyinlarni çeklaş yoki kerak bölsa ayrim ilovalarni butunlay yopib qöyiş imkoniyati mavjud. Telefon işlatiladigan vaqt oraliğini ham oldindan belgilaş mumkin.
Tizimning muhim jihati şundaki, ota-ona farzandini doim yonida turib nazorat qilmaydi. Barça boşqaruv masofadan turib amalga oşiriladi. Bu esa bolalarning telefon bilan munosabatini tartibga solişga, lekin ularni butunlay çeklab qöymaslikka yordam beradi.

Maktab va ustoz tizimi
Mazkur qism orqali maktablar ham tizimga ulanadi va öquvçilarning dars jarayonidagi telefon işlatiş holati nazoratga olinadi.
“Eng asosiy funksiyalardan biri dars vaqtida avtomatik yoqiladigan “fokus rejimi”. Bu tizim işga tuşganda öquvçilarning telefonida ijtimoiy tarmoqlar, öyinlar va çalğituvçi ilovalar yopiladi. Natijada bola telefon emas, darsga e’tibor qaratadi. Faqat öqiş uçun kerak bölgan ilovalar, masalan, darsliklar, luğatlar yoki ta’limiy dasturlar oçiq qoladi”, – deydi Saidburxon.
Muallifning ta’kidlaşiça, tizim maktab hududiga kirgan barça öquvçilar uçun umumiy tartibni avtomatik işga tuşiradi. Ya’ni öquvçi ta’lim muassasasiga kelişi bilan uning telefoni “öqiş rejimi”ga ötadi. Mazkur jarayon ustoz yoki direktor tomonidan qölda boşqarilmaydi, hammasi avtomatik işlaydi.
Bundan taşqari, “Tikonça” sinf yoki butun maktab darajasida monitoring qiliş imkonini ham beradi. Ustozlar öquvçilarning dars vaqtida telefon bilan qança şuğullangani, qaysi ilovalarga kirgani va umumiy raqamli faolligini köra oladi. Bu esa öquvçilarning intizomini yaxşiroq tuşuniş va ta’lim jarayonini samarali boşqarişga kömaklaşadi.

Kategoriya asosida bloklaş
“Tikonça” platformasidagi kategoriya asosida bloklaş funksiyasi ilovalarni alohida-alohida tanlaş örniga, ularni guruhlar böyiça boşqariş tanlovini taqdim etadi. Bu tizim foydalanuvçiga ança sodda va qulay yondaşuvni taklif qiladi. Masalan, ota-ona yoki maktab ma’muriyati “ijtimoiy tarmoqlar”, “öyinlar” yoki “zararli saytlar” kabi toifalarni bir tugma orqali çeklaşi mumkin. Şunda har bir ilovani alohida qidirib, sozlaşga hojat qolmaydi, tizim ularni avtomatik tarzda guruhlarga ajratadi.
Natijada bir vaqtning özida butun bir kategoriya çeklanadi. Bu esa nazorat jarayonini tezlaştiradi va texnik jihatdan ham osonlaştiradi. Masalan, ijtimoiy tarmoqlar toifasi yopilsa, uning içidagi barça ilovalar avtomatik ravişda işlamay qoladi.

“Bilimdon” sun’iy intellekti
Ilovaga yana bir muhim funksiya — “Bilimdon” sun’iy intellekti ham qöşilgan. Uşbu tizim öquvçilar uçun şaxsiy repetitor vazifasini bajaradi. Uning boşqa sun’iy intellektlardan asosiy farqi şundaki, çatbot uy vazifasini bajarib bermaydi. Aksinça, mavzuni tuşuntiradi, qöşimça izohlar yöllaydi va öquvçini javobni mustaqil topişga yönaltiradi. Muallifning fikriça, sun’iy intellekt örganuvçiga tayyor javob topib berişi emas, bilim oliş jarayonida yöl körsatişi kerak.

Xavfsizlik masalasi: "Ekranni kuzatmaymiz"
Kompaniya serverlari Toşkentda joylaşgan bölib, xavfsizlik yuqori darajada ta’minlangan. Saidburxonning ta’kidlaşiça, ilova foydalanuvçilarning mikrofoni, SMS'lari, şaxsiy fayllari yoki kamerasiga umuman daxl qilmaydi.
"Biz Android tizimi qoidalari asosida faqat matnli statistika olamiz: qaysi ilova qança vaqt işlatildi, şuni aniqlaymiz, xolos. Hatto eng kuçli xakerlar bazamizni buzib kirganda ham heç qanday şaxsiy ma’lumotni topa olmaydi", – deydi u.
Narxlar: “lavaş pulidan ham arzon”
Maktab hududidagi barça çeklovlar mutlaqo bepul. Faqatgina ota-onalar farzandini maktabdan taşqarida, ya’ni uy yoki öquv markazlarida ham nazorat qilişni istasa, qöşimça premium obuna mavjud. Uning narxi oyiga bor-yöği 24 000 söm.

Tahlillar nima deydi?
Tadqiqotlar şuni körsatadiki, smartfonlar ommalaşganidan beri yoşlar örtasida halovatsizlik, ruhiy zöriqiş, hayot mazmunini yöqotiş va özidan qoniqmaslik hissi keskin oşgan. Açinarlisi, Özbekiston yoşlari ham bunday holatdan mustasno emas.
“Yaqinda 10 mingga yaqin özbekistonlik maktab öquvçilari orasida izlanişlar olib bordik. Unga köra,1 000 nafar öquvçi kuniga örtaça 10 soatdan ortiq vaqtini telefonda ötkazişi aniqlandi, ayrim holatlarda bu körsatkiç 18 soatgaça yetişi qayd etildi. 300 nafar öquvçi onlayn qimor (beting) öyinlariga mukkasidan ketgani ma’lum böldi. Eng dahşatlisi esa 90,5 foiz ota-ona farzandining bunday holatidan mutlaqo bexabar ekani tasdiqlandi”, – deydi Saidburxon Şuhratov.
Muallif haqida: şaxsiy tajribadan 200 ming dollarlik davlat grantigaça
Loyiha muallifi Saidburxon Şuhratov IT sohasida 6 ta yönalişni mustaqil örgangan yoş dasturçi. U loyiha ğoyasi qanday paydo bölgani haqida şunday deydi:
"Dasturçilik, IT sohasiga oid bilimlarni YouTube'dan örganganman. Töğri, foydali tomoni böldi, lekin baribir internet olamida men ham çalğib qolardim. Öşanda özimni foydasiz ilovalardan çeklab, nazorat qiladigan instrument qidirdim. Mavjudlari juda qimmat edi. Keyin nega özbek yoşlari, ota-onalarga mos bepul va qulay instrument şakllantirmasligim kerak, deb öylay boşladim. Şu tariqa “Tikonça” ilovasini işlab çiqiş işlari boşlandi", – deydi u.
Dastlab maktab direktori, keyinroq Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov tomonidan qöllab-quvvatlangan loyiha yakunda Prezident Şavkat Mirziyoyevga taqdim etildi. Davlat rahbari bilan bölgan suhbatdan söng, loyihani rivojlantiriş uçun 200 000 AQŞ dollari miqdorida davlat granti ajratildi.
“Hozirda 14 kişilik jamoa, jumladan, katta tajribaga ega(senior) dasturçilar loyiha ustida işlamoqda. Andijon viloyatining özida 20 mingdan ortiq öquvçi tizimdan röyxatdan ötgan”, – deydi muallif.
Loyiha doirasida Xitoy tajribasi ham örganilmoqda. U yerda 16 yoşgaça bölgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan kuniga 40 daqiqa, öyinlardan esa haftasiga faqat 3 soat foydalaniş qonun bilan çeklangan.
"Hozir Özbekistonda ham 16 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini tartibga solişga oid qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Lekin faqat çeklovning özi muammoni hal etmaydi. Buni boşqa davlatlar tajribasi körsatdi. Masalan, Avstraliyada joriy etilgan çeklovlardan keyin ham köplab ösmirlar VPN va boşqa usullar orqali ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişda davom etgani aniqlangan. Şuning uçun bizning fikrimizça, taqiqdan köra, ota-ona, maktab va texnologiyani birlaştirgan tizim samaraliroq böladi”, – deydi Saidburxon Şuhratov.
Andijondagi muvaffaqiyatli pilot sinovlar va tekşiruvlardan söng, “Tikonça” ilovasini butun respublika maktablari böylab joriy etiş rejalaştirilgan.
Ilovadan foydalaniş böyiça töliq ma’lumotlarni quyidagi raqam orqali oliş mumkin:
















