Bu qişloqning barpo bölişiga Ahmadjon Odilov sababçi bölgan. Ötgan asrning 70–80-yillarida Pop tumanida amalga oşirilgan köplab bunyodkorlik işlarini keksa avlod vakillari öşa vaqtlarda tumanning agrosanoat kompleksiga rahbarlik qilgan Ahmadjon Odilov nomi bilan boğlaydi.

Mahallada istiqomat qiluvçi Turğunali Mavlonov aholining asosiy qismi Farğona viloyatidan köçib kelganini aytdi. Uning sözlariga köra, qişloq qurilişi avvalida Şarof Raşidov şaxsan tamal toşi qöyib bergan ekan.

Turğunali Mavlonov

Navbahorliklarning katta qismi şoliçilik bilan şuğullanadi. Bunga sabab – yer osti suvlarining yer ustiga öta yaqin joylaşgani.

Qişloq ahli qiş kunlari şolidan guruç olib, tirikçilik uçun bozorga olib borib sotişadi. Biz ham şoli tegirmonida guruç ajratiş jarayoniga guvoh böldik.

Bahodir Qurbonov avvallari tirikçilik uçun çetga işlagani qatnar edi. Karantin bahonasida ötgan yili 1 gektar yerga şoli ekkan. Hosili barakali bölib, 6 tonna şoli olgan.

Uning sözlariga köra, yaxşi mehnat qilgan dehqon 1 gektardan 40–50 milliongaça daromad olişi mumkin. Bir neça oy davomidagi zahmatlari natijasida albatta.

Bahodir Qurbonov

Mahallada yaşovçi Rahmonali Uzoqov – sobiq ovçilardan. Uyi qişloqning çekkasida joylaşgan. Ovçiligidan esdalik sifatida uzoq yillardan beri ördak boqadi.

Ba'zida yoş ovçilar ördaklardan ijaraga olib turişadi. Ov davomida yovvoyi ördaklarni çaqiriş uçun xörak sifatida foydalanişadi. Rahmonali akaning öğillari esa dehqonçilik bilan şuğullanadi.