Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Eronni Yaqin Sharqdagi beqarorlikning asosiy manbasi deb atadi
AQSh va Eron o‘rtasidagi munosabatlar prezident Donald Tramp davrida taranglashgandi.
Eron Yaqin Sharqdagi beqarorlikning asosiy manbasi hisoblanadi. AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi rahbari general Frenk Makkenzi ana shunday bayonot bilan chiqdi.
"Mening fikrimcha, beqarorlik olib kelayotgan eng jiddiy kuchdan boshlayman – bu Eronning harakatlari. Eron rejimi 40 yildan ortiq vaqt mobaynida xalqaro me'yorlarga amal qilmasdan terrorizm va terrorchi tashkilotlarni moliyalashtirib va faol qo‘llab-quvvatlab keldi. Eron Iroqdagi beqarorlikning asosiy manbasi hisoblanadi. Eronning harakatlari Suriya va Yamanda kuzatilayotgan beqarorlikka ham olib kelmoqda", - deb ta'kidladi u.
AQSh va Eron o‘rtasidagi munosabatlar prezident Donald Tramp davrida taranglashdi. 2020 yil 3 yanvarda Bag‘dod aeroportida islom inqilobi muhofizlari korpusi generali Qosim Sulaymoniy AQSh harbiy-havo kuchlari hujumi oqibatida o‘ldirilganidan so‘ng bu keskinlik yanada avj oldi.
Avvalroq AQShning yangi prezidenti Jo Bayden ma'muriyati iqtisodiy sanksiyalarni saqlab qolgan holda Eronning moliyaviy ahvolini yengillashtirish yo‘llarini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.
Bloomberg agentligi manbalarining ma'lumot berishicha, muhokama qilinayotgan yo‘llardan birida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun Eronga Xalqaro valuta jamg‘armasi tomonidan qarz berilishi hamda mamlakatga xalqaro insonparvarlik yordami yetkazilishiga to‘siq bo‘layotgan taqiqlarni yumshatishni ko‘zda tutilmoqda.
Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, Oq uyning yangi rahbari Donald Trampning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqish to‘g‘risidagi farmonini bekor qilishi ham mumkin. Ammo Eronga nisbatan kiritilgan barcha sanksiyalarni to‘liq bekor qilish masalasi ko‘rib chiqilmayapti.
Mavzuga oid
20:23 / 27.06.2026
“Amerikaliklar tuzoqqa tushdi” - Eron elchisi
11:40 / 27.06.2026
46 ta davlat uchun terroristik tashkilot – Eron islom inqilobi muhofizlar korpusi qanday tuzilma?
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026