Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya albaniyalik diplomatning mamlakatdan chiqarib yuborilishini e'lon qildi
Rossiya tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, bu Rossiyaning Tiranadagi elchixonasi birinchi kotibining Albaniyadan chiqarib yuborilishiga nisbatan javob chorasidir.
Rossiya Albaniyaning Moskvadagi elchixonasi birinchi kotibi Yonida Droguni persona non grata deb e'lon qildi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi saytida ma'lum qilindi.
Albaniyalik diplomat mamlakatni 72 soat ichida tark etishi lozim. Rossiya tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, bu Rossiyaning Tiranadagi elchixonasi birinchi kotibining Albaniyadan chiqarib yuborilishiga nisbatan javob chorasidir.
«Albaniya tomonining harakatlarini mamlakatda boshlangan saylov kampaniyasi sharoitida siyosiy ochko yig‘ish, G‘arbdagi Rossiyaga qarshi kuchlarning aytganini qilish va ularning qo‘llab-quvvatlashiga erishish maqsadidagi ig‘vogarlik deb bilamiz», — deyiladi Rossiya TIV bayonotida.
Rossiya avvalroq Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan mitingda qatnashgani sababli Germaniya, Polsha va Shvetsiyaning uch nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborishini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026