Jahon | 19:00 / 08.02.2021
10798
1 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Ukraina hududiga xorij qo‘shinlari kirishiga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi

Ukraina hududida 32 ming nafar harbiy ishtirokida sakkizta o‘quv mashg‘uloti o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.

Foto: ukrinform.ru

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2021 yilda ko‘pmillatli o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashish uchun mamlakat hududida xorij qo‘shinlari kirishiga ruxsat beruvchi qonunga imzo chekdi. Bu haqda uning matbuot xizmati ma'lum qildi.

 Ukraina hududida joriy yilda sakkizta ko‘pmillatli o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Mashg‘ulotlarda 21 mingga yaqin ukrainalik va 11 mingga yaqin xorijlik harbiylar qatnashadi.

 Jumladan, mashg‘ulotlarda AQSh, Ruminiya, Britaniya, Polsha harbiylari ishtirok etadi.

Bundan tashqari, hujjatdan ukrainalik harbiylarning mamlakat tashqarisida o‘tkaziladigan 17ta o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashish rejasi o‘rin olgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid