Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada o‘zi ishlab chiqqan vaksinani sinovdan o‘tkazgan shifokorga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
Lyubekda laboratoriyaga ega bo‘lgan professor, tibbiyot fanlari doktori Shtyokker koronavirusga qarshi ehtimoliy vaksina ishlab chiqqan va uni o‘zi hamda boshqalarda sinab ko‘rgan.
Germaniyaning Lyubek shahri prokuraturasi koronavirusga qarshi vaksina yaratish bo‘yicha tajriba o‘tkazgani uchun shifokor va biznesmen Vinfrid Shtyokkerga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. 74 yoshli Shtyokker dori vositalari to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda gumonlanmoqda.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, Lyubekda laboratoriyaga ega bo‘lgan professor, tibbiyot fanlari doktori Shtyokker koronavirusga qarshi ehtimoliy vaksina ishlab chiqqan va uni o‘zi hamda boshqalarda sinab ko‘rgan.
Der Spiegel jurnalining yozishicha, u vaksinani xotini va bolalari hamda 65 nafar ko‘ngillida sinovdan o‘tkazgan. O‘zining ta'kidlashicha, emlashdan so‘ng hech qanday nojo‘ya ta'sir kuzatilmagan va barcha emlanganlarda antitanalar paydo bo‘lgan.
U sentyabr boshlarida sinov natijalari haqida vaksinalarni ro‘yxatga olish va monitoring qilish bo‘yicha mas'ul Paul Erlih nomidagi institutga xabar qilgan. U sinov miqyosini kengaytirishni so‘ragan, institut esa bunga javoban prokuraturaga murojaat qilgan.
Shtyoker 1987 yilda autoimmun va yuqumli kasalliklarni aniqlash usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi Euroimmun kompaniyasiga asos solgan. U kompaniyani 2017 yilda AQShdagi konsernlardan biriga 1,2 mlrd yevroga sotgan. Euroimmun hozirda 17 mamlakatda o‘z vakolatxonasiga ega.
Mavzuga oid
23:45 / 27.06.2026
Germaniyada jazirama harorat bo‘yicha yangi rekord
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
12:04 / 18.06.2026