Turizm xizmati ko‘rsatuvchilarga imtiyoz va preferensiyalar 2021 yil oxirigacha uzaytirildi
Turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari ko‘rsatuvchi sub'yektlar uchun qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar muddatlari 2021 yil 31 dekabrgacha uzaytiriladi.
Bu – 9 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonda belgilangan.
Farmonga ko‘ra, quyidagi imtiyoz va preferensiyalar muddatlari 2021 yil 31 dekabrga qadar uzaytirilmoqda:
- turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, joylashtirish vositalari uchun foyda solig‘i stavkasini belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytirish;
- kamida 10 kishidan iborat xorijiy turistik guruhlar uchun O‘zbekiston Respublikasida tur tashkil etish va ularning joylashtirish vositalarida kamida besh kecha tunab qolishi sharti bilan turoperatorlarning avia va temir yo‘l chiptalari bo‘yicha xarajatlarini chipta narxining 30 foizi miqdorida qisman subsidiyalash.
Turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko‘rsatuvchi sub'yektlar bo‘yicha:
- yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilish;
- ular tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada 1 foiz miqdorida belgilash.
2021 yil 31 dekabrga qadar turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalariga nisbatan tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun jarimalar qo‘llash to‘xtatiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil oktyabrida O‘zbekiston hukumati koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda turizm sohasi sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan, hujjat bilan turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalariga qator imtiyoz va preferensiyalar berilgan edi.
Mavzuga oid
22:53 / 16.12.2024
Emin Agalarov Chorvoq bo‘yida Sea Breeze Uzbekistan turistik markazini qurmoqchi
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
09:49 / 13.12.2024
Milliy turizm yagona platformasi ishga tushirilmoqda
09:24 / 12.12.2024