O‘zbekiston | 12:58 / 08.10.2020
1390
2 daqiqa o‘qiladi

Mehmonxona xizmatlari uchun joylashtirish vositalariga xizmat narxining 10 foizi miqdorida pul ajratiladi 

Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda turizm sohasi sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar berishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Joylashtirish xizmatlari (mehmonxona xizmatlari) uchun joylashtirish vositalariga subsidiyalar ajratish tartibi belgilandi.

Joylashtirish xizmatlari (mehmonxona xizmatlari) uchun joylashtirish vositalariga subsidiyalar 2021 yil 31 dekabrgacha ajratiladi.

Subsidiyalar joylashtirish xizmatlari (mehmonxona xizmatlari) narxining 10 foizi miqdorida ajratiladi.

Bunda joylashtirish xizmatlari (mehmonxona xizmatlari)ga nomer (joy) narxiga kiritiladigan xizmatlar hisobga olinadi hamda joylashtirish vositasi tomonidan ko‘rsatilgan qo‘shimcha xizmatlar (bar xizmati, restoran xizmati va boshqalar) kiritilmaydi.

Joylashtirish vositasi har bir tashrif buyuruvchi haqidagi ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan maxsus elektron dastur (“E-MEHMON”)ra kiritish chogida u joylashgan nomer (joy) narxini qo‘shimcha ravishda kiritib borishi shart.

Subsidiya olish uchun joylashtirish vositalari Turizm qo‘mitasiga mablag‘ ajratilishi to‘g‘risidagi ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi. 

Turizm qo‘mitasi joylashtirish vositalarida tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatilganligining haqqoniyligini avtomatlashtirilgan maxsus elektron dastur (“E-MEHMON”) orqali tekshiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid