Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgutlik ota voyaga yetmagan farzandlari uchun 23,5 ming dollar aliment to‘ladi
Urgut tumanida yashovchi ota voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta'minoti uchun 23,5 ming dollar aliment puli to‘ladi. Bu haqda tuman majburiy ijro bo‘limi xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Tayloq tumanlararo sudining qarori bilan fuqaro A.U.dan undiruvchi B.A.ning foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta'minoti uchun daromadning uchdan bir qismi miqdorida aliment undirib borish belgilangan. Bu undiruv bo‘yicha MIB Urgut tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Qayd etilishicha, fuqaro A.U. biroz muddat aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelgan. Shundan so‘ng, Urgut MIB xodimlari tomonidan qarzdor ota bilan atroflicha suhbat va tushuntirish ishlari o‘tkazilib, bugungi sinov kunlarida farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani yotig‘i bilan tushuntirilgan.
Ta'kidlanishicha, maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota farzandlari ta'minoti uchun ular voyaga yetguniga qadar muddat uchun hisoblangan 246 million 750 ming so‘m aliment pulini 23,5 ming AQSh dollari ko‘rinishda to‘lab bergan.
Mavzuga oid
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
20:26 / 10.05.2026
Rasmiy daromadga ega bo‘lmaganlar uchun aliment hisoblashda qo‘llaniladigan miqdorlar oshdi
08:12 / 04.05.2026
Aliment to‘lamaslik uchun xotini va qizini o‘ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi
08:33 / 24.04.2026