Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari viloyat hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari - Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Muhammadjon Nishonov tayinlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Muhammadjon Nishonov 1969 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. 1992 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini, 2004 yilda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi akademiyasini bitirgan.
U mehnat faoliyatini 1992 yilda Andijon viloyati suv xo‘jaligi boshqarmasi mutaxassisi sifatida boshlagan. 1995-1997 yillarda Andijon shahar xususiy qurilish firmasi tayyorlov ta'minot bo‘limi mutaxassisi, 1997-1998 yillarda Andijon viloyati IIB JTSB 1-maxsus vazifalarni bajaruvchi rotasi vzvod komandiri, 1998-1999 yillarda Andijon shahar IIB 1-militsiya bo‘linmasi jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili, 1999-2001 yillarda Andijon viloyati IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi 1-bo‘lim tezkor vakili, 2-bo‘lim tezkor vakili, 2001 yilda Andijon shahar IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘linmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Muhammadjon Nishonov 2001-2003 yillarda Andijon shahar IIB jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Bosqinchilik va o‘zgalar mulkini talon-toroj qilishning boshqa turlariga qarshi kurashish bo‘linmasi boshlig‘i, 2003-2004 yillarda Xo‘jaobod tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘linmasi boshlig‘i, 2004-2006 yillarda Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi terrorizm va uning turli ko‘rinishlariga qarshi kurashish bo‘limi tezkor vakili, jazoni ijro etish guruhi katta tezkor vakili sifatida ishlagan.
2006-2007 yillarda Qo‘rg‘ontepa tumani IIB Qorasuv shahar militsiya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari - Jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i, 2007-2011 yillarda Qo‘rg‘ontepa tumani IIB Qorasuv shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 2011-2014 yillarda Paxtaobod tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 2014 yilda Shahrixon tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 2014-2016 yillarda Jizzax viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari - jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i, 2016-2017 yillarda Andijon viloyati hokimining ma'muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2017-2018 yillarda Marhamat tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 2018-2020 yillarda Andijon viloyati IIB post patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
U tayinlovga qadar Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
2020 yil sentyabridan buyon Andijon viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Shokirjon Boltaboyev sog‘lig‘i yomonlashgani sabab o‘z arizasiga muvofiq lavozimidan ozod etildi. Muqaddam bu lavozimda ko‘p yillar davomida Manzuraxon Yunusova ishlagandi.
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:49 / 15.12.2024