Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manzura Yunusova Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimini tark etdi
Manzuraxon Yunusova uzoq yillar davomida Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.
Foto: Andijon viloyati hokimligi
Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari Manzuraxon Yunusova o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod etilgan. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati ma'lum qildi.
«Davlatimiz tomonidan ta'lim yo‘nalishiga berilayotgan e'tiborni inobatga olib siyosiy fanlar nomzodi M.P.Yunusova keyingi faoliyatini ta'lim tizimida olib boradi», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.
Manzuraxon Yunusova 2012 yildan buyon viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan bo‘lib, shu yilning fevral oyida viloyat hokimining o‘rinbosari, mahalla va oila masalalari boshqarmasi boshlig‘i vazifasiga tayinlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon Kun.uz telegram-kanalida “Andijon viloyat hokimining o‘rinbosari Manzuraxon Yunusova ishdan ketdimi?” sarlavhasi ostida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:26 / 01.05.2026
Andijonda yer savdosida gumonlangan hokim yordamchisi va mahalla raisi qo‘lga olindi
17:00 / 28.04.2026
“Egnidagi formasiga ishonib qolibman” – Andijonda YXHB inspektori odamlarni chuv tushirdi
21:08 / 26.04.2026
Andijonda ikki kishini katta pul evaziga haj ziyoratiga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
22:05 / 12.04.2026