Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda islom inqilobi muhofizlari korpusi keng miqyosdagi harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshladi
Mashg‘ulotlarda quruqlikdagi qo‘shinlar, maxsus bo‘linmalar, artilleriya brigadalari, zirhli tank qismlari va aviatsiya ishtirok etadi.
Eron janubi-g‘arbida islom inqilobi muhofizlari korpusi keng miqyosdagi harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshladi.
Bu haqda korpus piyoda qo‘shinlari qo‘mondoni Muhammad Pakpur ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar «Buyuk payg‘ambar 16» deb nomlangan bo‘lib, unda quruqlikdagi qo‘shinlar brigadalari qatnashmoqda.
Mashg‘ulotlar dronlar va vertolyotlar qo‘llab-quvvatlovi ostida o‘tkaziladi, dedi Pakur.
Uning ma'lumot berishicha, harbiy mashg‘ulotlarda shuningdek, maxsus bo‘linmalar, artilleriya brigadalari, zirhli tank qismlari va aviatsiya ham ishtirok etadi.
«Islom inqilobi muhofizlari korpusi quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondonligi har qanday tahdidga qarshi turishga to‘liq shay holatda va mamlakat xavfsizligi uchun jiddiy javobgardir», - dedi Pakpur.
Mavzuga oid
20:23 / 27.06.2026
“Amerikaliklar tuzoqqa tushdi” - Eron elchisi
11:40 / 27.06.2026
46 ta davlat uchun terroristik tashkilot – Eron islom inqilobi muhofizlar korpusi qanday tuzilma?
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026