Filolog Ravşan Jomonov özbek-lotin alifbosidagi murakkab va munozarali holatlarni şarhlaşda davom etadi. Navbatdagi videodars avvalgisining davomi bölib, unda ham kirill yozuvidagi yumşatiş (ь) belgili sözlarning özbek-lotin alifbosida ifodalanişi haqida söz boradi.
Yumşatiş (ь) belgili sözlarning lotin alifbosidagi imlosi: nozik nuqtalar
Avval taʼkidlanganidek, bu belgi özbek tilida fonologik, yaʼni maʼno farqlaş xususiyatiga ega emas. Lekin özbek lotin alifbosida yumşatiş (ь) belgisi qatnaşgan qözlar transliteratsiya qilinar ekan, öziga xos yondaşuv talab qiladigan holatlar mavjud.
Hozirga qadar lotin alifbosida bosilib çiqqan darslik, öquv qöllanma va gazeta-jurnallardagi matnlarda yumşatiş (ь) belgili sözlarning transliteratsiyasida xatoliklar uçrab turibdi. Quyida öşa xatoliklarning ayrimlari bilan tanişib çiqamiz.
- батальон, почтальон, павильон, медальон
a) batal’on [батал’он], poçtal’on [почтал’он], pavil’on [павил’он], medal’on [медал’он] — uşbu qatorda sözlarning notöğri transliteratsiyasi va transkripsiyasi berilgan.
Yuqoridagi misollarga eʼtibor berilsa, «l»dan keyin tutuq «ʼ» belgisi qöyilgan. Buning notöğriligi şundaki, özbek lotin alifbosidagi tutuq belgisi undoş harfdan keyin kelsa, özidan oldingi harfni keyingisidan ajratib talaffuz qilinişini taʼminlaydi. Bu sözlar transkripsiya qilinsa, xatolik yaqqol körinadi.
б) batalyon [баталйон], pochtalyon [почталйон], pavilyon [павилйон], medalyon [медалйон] — bu qatorda esa töğri transliteratsiyasi va transkripsiyasi berilgan.
Özbek lotin alifbosida jonli talaffuzga muvofiq töğri şakl yuzaga keladi.
- Львов — Lvov [лвов] — notöğri şakl;
- Livov (ливов) — töğri şakl
Yumşatiş (ь) belgisi bilan yoziladigan sözlardan biri joy nomi















