Özbek-lotin alifbosidagi matnlarda köp uçraydigan xatolar özbeklarga xos bölmagan «ц» harfi bilan boğliq. Filologiya fanlari nomzodi, luğatşunos Ravşan Jomonov «ц» tovuşli sözlar imlosi haqida batafsil maʼlumot berdi.

1940-yilda joriy qilingan kirill alifbosi orqali özbek tiliga «ц» degan tovuş kirib kelgan. Öşandan buyon bu harfni kirill yozuvida qöllay boşladik.

1993-yilga kelib özbek lotin alifbosining joriy etilişi bilan mazkur harfni qanday ifodalaş masalasi kelib çiqdi. 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan özbek lotin alifbosida «ц» örniga «c» belgisi qabul qilindi. 1995 yilgi özgartirişlardan söng mazkur harf özbek lotin alifbosidan çiqarib taşlandi.

Xöş, buning sabablari nima? Birinçidan, «ц» tovuşi özbek tiliga xos tovuş emas, çunki «ц» deganda «t» va «s» tovuşlarini ajratibroq talaffuz etamiz. «Ц» esa qorişiq tovuş hisoblanadi. Ikkinçidan, bu harfni ifodalaş uçun «t» va «s» harflaridan foydalaniş mumkin. Şundan kelib çiqib, 95-yilgi variantdan boşlab «ц»ni lotin yozuvida 2 xil usulda yoza boşladik.

Filologiya fanlari nomzodi, luğatşunos Ravşan Jomonov

Birinçisi, «s» harfi bilan. Agar «ц» söz boşida va oxirida kelsa, şuningdek, söz örtasida undoş tovuşdan keyin kelsa, «s» bilan yoziş mumkin. Bunda özbeklar nutqiga xos talaffuz yuzaga keladi. Masalan,

  • Циркуль – sirkul, цирк – sirk;
  • герц – gers, абзац – abzas;
  • акция – aksiya, концерт – konsert kabi.

Ikkinçisi, «ц» harfi söz örtasida ikki unli tovuş orasida kelsa, «ts» şaklida ögiriş kerak. Masalan, доцент – dotsent, акация – akatsiya, конституция – konstitutsiya kabi. Bu örinda kirill va lotin örtasida muvofiqlik bor.

Şu bilan birga, istisno holatlar borki, buni ham körib çiqiş kerak. Masalan,

  • Антициклон – antisiklon, эпицентр – episentr, геоцентрик – geosentrik.

Uşbu misollardagi «ц» ikki unli orasida turgandek körinadi, lekin bu yerda nozik bir narsa bor. Bu sözlarning özagiga eʼtibor qilinsa, «циклон», «центр», «центрик» – sözlarning özagi, «анти», «эпи» ва «гео» esa old qöşimça, yaʼni prefiks deb qaraladi. Şuning uçun bu örinlarda «ц»ni ikki unli orasidagi emas, balki söz boşidagi deb qaraş kerak.