Teşiklar (poralar) tiqilib qoladi
Yuz terisidagi teşiklar yoki poralar (porekalar) terining tabiiy nafas oliş va yoğ balansini saqlaşida muhim rol öynaydi. Ammo kundalik hayotda ular turli omillar natijasida tiqilib qolişi mumkin. Eng keng tarqalgan sabablar quyidagilar: pardoz vositalari, yuzga surtilgan krem va losyon qoldiqlari, şuningdek, kun davomida havo orqali tuşgan çang va terining öz yoği.
Teşiklar tiqilganida teri nafas ola olmaydi, bu esa husnbuzar, qora nuqtalar va boşqa muammolarga olib keladi. Şuningdek, teri rangi xiralaşadi, yuz silliqligi kamayadi va teri soğlom körinmaydi. Mazkur muammoning oldini oliş uçun yuzni muntazam tozalaş, pardoz vositalarini töğri tanlaş va ularni keçqurun yaxşilab yuviş kerak.
Teri tez qarişni boşlaydi
Tunda teri tabiiy yangilaniş va tiklaniş jarayonidan ötadi. Şu paytda hujayralar zarar körgan qismlarni tiklaydi, ozuqa moddalarni söradi va toksinlardan xalos böladi. Ammo yuz keçqurun tozalanmagan bölsa, pardoz vositalari, çang va teridagi yoğ qoldiqlari poralarni siqib qöyib, hujayralarga kislorod va ozuqa moddalari yetib borişini tösadi. Natijada terining tiklanişi sekinlaşadi, ajinlar erta paydo böladi va teri elastikligini yöqotadi. Yuzda “çarçoq ifodasi”şakllanadi, teri xiralaşadi. Şu sababli, kundalik yuz tozalaş odati juda muhim hisoblanadi.
Yalliğlaniş va allergiya xavfi
Kosmetik vositalar tarkibida turli kimyoviy moddalar mavjud böladi. Ularni keçasi yuzda qoldirsangiz, teri uşbu moddalarni uzoq vaqt davomida öziga singdiradi. Natijada qizariş, şiş, yalliğlaniş, hatto allergik reaksiyalar yuzaga kelişi ham mumkin. Bunday holatlar nafaqat terining soğliğiga salbiy ta’sir qiladi, balki yuzning tabiiy yangilaniş jarayonini sekinlaştiradi. Şu sababli, keçqurun yuzni yaxşilab tozalaş, pardoz qoldiqlarini va çangni olib taşlaş juda muhim.
Köz atrofidagi nozik teriga zarar
Köz atrofidagi teri juda nozik va sezgir bölib, unga alohida e’tibor kerak. Tuş va tenni yuvmasdan uxlaş yuzning uşbu qismida turli muammolar paydo bölişiga olib keladi. Avvalo, kipriklar ifloslik va pardoz qoldiqlari ta’sirida sinişi yoki tökilişi mumkin. Şu bilan birga, köz şilliq qavati tirnalib, qizariş hamda noqulaylik paydo böladi. Ertalab uyğonganingizda esa şişlar va qora halqalar kattalaşadi, közlar çarçagan körinadi. Bu nafaqat estetik jihatdan noqulay, balki köz atrofidagi terining soğliğiga ham salbiy ta’sir qiladi. Şu sababli, keçqurun köz atrofini maxsus yuviş vositalari bilan tozalaş, makiyaj qoldiqlarini olib taşlaş va terini namlantiriş juda muhimdir.

















