Trixofitiya yoki xalq tilida «temiratki» deb nomlangan kasallik Özbekistonda köpayib ketgani yöq. Bu haqda Respublika ixtisoslaştirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi professori Egamberdi Eşboyev ma’lumot berdi.
Şifokor sözlariga köra, ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda tarqalgan xabarlar asossiz. Şuningdek, bu kasallik keça yoki bir kunda paydo bölmagan, u azaldan bor. U öta xavfli kasalliklar toifasiga kirmaydi.
«Trixofitiya kasalligining manbasi ba’zan hayvonlar böladi. Bolalar hayvonlar bilan muloqotda bölganda yoki qassoblar kasallikni yuqtirib olişi mumkin. Uning asosiy belgilari terida ozroq toşma çiqadi. Hozirgi kunda bu kasallikni davolaşga möljallangan yuzdan ortiq preparat bor va ularning hammasi bizda yetarli. Kasallikning diagnostikasi ham murakkab emas. Umumiy amaliyot şifokori ham bunga taşxis qöya oladi. U öta xavfli kasalliklar toifasiga kirmaydi», dedi mutaxassis.

















