Terining murakkab kasalligi bölgan bullyozli epidermoliz (BE)ga çalingan insonlar öz kuraşlarida yolğiz emasligini tuşunişi uçun qöllab-quvvatlaş kerak va xavfsizlik hissini singdiriş lozim. Bunday bolalar “Kapalak bolalar” deb ataladi, ularning zaif terisi kapalakning nozik qanotlariga öxşatiladi. Özbekistonda “Kapalak bolalar” nodavlat notijorat taşkiloti ana şunday insonlar haqida qayğurmoqda. Bemorlarni qanday qöllab-quvvatlaş, kasallik, BEning birinçi belgilari namoyon bölganda kimga murojaat qiliş kerakligi haqida NNT bolalar dermatologi Madamin Xoldorbekov sözlab berdi.

– Madamin, bullyozli epidermolizning birinçi belgilari va uni qanday taşxislaş haqida sözlab bersangiz. U nimalardan iborat?
– Bullyozli epidermoliz – noyob (orfan) teri kasalligi hisoblanadi. Uning sababi genetik nuqson va u tufayli organizmda teri qatlamlarining birikmalariga mas'ul bölgan oqsil yetişmasligi kuzatiladi. BEning birinçi belgilari çaqaloqning tuğilişida darhol paydo bölişi mumkin, çunki tuğiliş yöllari orqali çaqaloqning terisiga ta'sir körsatiladi va tuğilgandan söng uning tanasidagi pufakçalarni köramiz. Pufakçalar kasallikning birinçi belgisidir. Bu yerda dermatologning maxsus tayyorgarligi muhim ahamiyatga ega, u öz vaqtida töğri taşxis qöyişi va davolaşni darhol boşlaşi lozim. Şuningdek, ota-onani bolaning terisini töğri parvariş qilişga örgatiş kerak. Samarali parvariş, maxsus vositalar va boğlov materiallari “kapalak bolalar”ning hayotini sezilarli darajada yengillaştiradi.
– Kasallikning birinçi alomatlarida “kapalak bolalar” va ularning qarindoşlari kimga murojaat qilişi mumkin?
– Bola terisida birinçi pufakçalar paydo bölganda Soğliqni saqlaş vazirligining Respublika ixtisoslaştirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga murojaat qiliş lozim. Dermatolog bemorni töliq örganib, klinik belgilarini baholab bölgaç, taşxis qöyişi kerak. Bundan taşqari, mamlakat böylab bullyozli epidermoliz va uni davolaş usullari böyiça maxsus tayyorlangan şifokorlar işlaydigan mintaqaviy teri-venerologik dispanserlar (TTD) mavjud.
– “Kapalak bolalar” NNT vasiyligida bölganlarga qanday yordam körsatilmoqda?


















