Skincare nima özi?
Sönggi yillarda internet va kosmetika olamida “skincare” atamasi tez-tez quloğimizga çalinib qolmoqda. Bu söz inglizçadan “skin” — teri va “care” — parvariş degan ma’noni anglatadi. Ya’ni skincare — bu teriga töğri ğamxörlik qiliş, uni tozalaş, oziqlantiriş va taşqi ta’sirlardan muhofaza etiş tizimidir.
Ilgari bu faqat krem yoki niqob qöllaş bilan çeklangan bölsa, hozirda skincare — töliq turmuş tarziga aylandi: töğri ovqatlaniş, uyqu, stress bilan kuraşiş va terining tabiiy balansiga ehtiyot bilan munosabatda bölişni ham öz içiga oladi.
Skin fasting — teriga dam beriş modaga aylandi
2025 yilda “skin fasting”, ya’ni terini kosmetikadan “röza” tuttiriş tendensiyasi ommalaşmoqda. Bu usulda 1-2 kun davomida heç qanday krem va sivorotkalar qöllanmaydi. Mutaxassislar ta’kidlaşiça, bu teriga nafas oliş va tabiiy muhofaza funksiyasini tiklaş imkonini beradi.
Dermatolog Aziza Karimova: “Ba’zan biz terimizga ortiqça mahsulotlar qöllab, uni çarçatamiz. Teri ham organizmning bir qismi — unga ham dam kerak. Vaqti-vaqti bilan qilingan bu tanaffus teriga foydali” deydi.
Şuningdek, bu yilning yana bir trendi “aqlli” kremlar, ya’ni aqlli skincare mahsulotlardir. Ular terining holatini “örganib”, uning ehtiyojiga mos ravişda işlaydi: agar namlik yetişmasa — gidratatsiyani oşiradi, qizariş bölsa — tinçlantiradi. Kosmetikada sensor texnologiyalar va biodetektorlar qöllanişi skincare’ni yangi bosqiçga olib çiqmoqda.
Bugungi skincare dunyosida “bakteriya” sözi endi qörqinçli emas. Aksinça, teridagi foydali bakteriyalar — uning tabiiy muhofazasi hisoblanadi. Probiotik va prebiotikli kremlar, toniklar va sivorotkalar terini soğlomlaştirişda asosiy vositaga aylanmoqda.
Keyingi trend: SPF – faqat yoz uçun emas. “SPF kremni faqat yozda qöllaş kerak” degan qaraş 2025 yilda mutlaq yöqqa çiqdi. Çunki ultrabinafşa nurlar yil böyi faol bölib, hatto uy içidagi ekran yoruğligi ham teriga ta’sir qiladi. Şuning uçun SPF – endi har kunlik vositaga aylandi.
2025 yilning skincare trendlari insonga va uning tabiiy holatiga yondaşuvni özgartirmoqda. Gözallik endi filtr ortida emas — ongli parvariş, soğlom teri va hayot balansida.
Skincare bu — oddiy parvariş emas. Bu özingni sevişning va soğlom yaşaşning birinçi qadami hisoblanadi.

















