Özbekiston Markaziy banki 2020 yil IV çoragi böyiça e'lon qilgan pul-kredit siyosati şarhida iste'mol narxlari indeksiga kiritilgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ösişi böyiça ma'lumot berdi.
Qayd etilişiça, mazkur mahsulotlar narxlarining ösişi asosan aholi talabining barqarorligi hamda pandemiya davrida karantin çeklovlari tufayli taklif omillari kamayişi bilan izohlanadi.
Xususan, meva va sabzavotlar 11,9 foizga (dekabrda 7,3 foizga), şu jumladan, mevalar 16,7 foizga (dekabrda 4,6 foizga) va kartoşka 42 foizga (dekabrda 3,2 foizga) ösdi.
Göşt narxi ösişi
IV çorakda göşt narxi örtaça 3,4 foizga, yil davomida esa 18,1 foizga ösdi. Mahsulotning sezilarli darajada qimmatlaşuviga avgust oyining ikkinçi yarmidan boşlab karantin çeklovlari yumşatilişi natijasida yuzaga çiqqan keçiktirilgan talab, ozuqa narxlari oşişi, qoramol va göşt importi qisqarişi kabi omillar sabab böldi.
Bundan taşqari, parranda göşti narxlari kötarilişi ob-havoning pasayib ketişi natijasida yuzaga kelgan elektr ta'minoti bilan boğliq muammolar, ayrim viloyatlarda (Samarqand va Toşkent) parranda kasalliklari tarqalişi va uşbu mahsulot işlab çiqaruvçilari taklifining qisqarişi bilan boğliq böldi.
Yuqoridagi omillar, şuningdek, parranda ozuqasi narxlari sezilarli ösişi va tuxumga bölgan talabning mavsumiy oşişi tuxum narxining 37,6 foizga (IV çorakda 20,6 foiz) ösişiga olib keldi.
Ösimlik yoği narxi oşişi
Narxlar sezilarli darajada ösişi asosan sentyabr-dekabr oylariga töğri keldi. 2020 yilda jahon bozorlarida ösimlik yoği narxi ösişi kuzatildi. Bu öz navbatida içki bozorda kungaboqar yoği narxining oşişiga olib keldi. Xususan, 2020 yil yanvar-dekabr oylarida yoğ va moy mahsulotlari narxi örtaça 26,9 foizga (IV çorakda 15,6 foiz), şu jumladan, kungaboqar yoği 31,4 foizga (IV çorakda 18 foiz), paxta yoği 32 foizga (IV çorakda 21,1 foiz) ösdi.
Jahon bozorida narxlarning ösişi va taklifning qisqarişi hisobiga içki bozorda şakar narxining yillik ösişi 21 foizni (IV çorakda 14,8 foiz) taşkil etdi.
Meva va sabzavotlar narxlaridagi kötariliş
Meva va sabzavotlar tarkibida kartoşka narxi sezilarli hissa qöşdi. Bu, asosan, 2020 yilda pandemiya ta'sirida aholining meva-sabzavotlarga, ayniqsa kartoşkaga bölgan talabining yuqori bölgani va yozgi mavsumda bozorlarda eski va yangi hosillar örtasidagi uzilişlar natijasidagi taklifning qisqarişi bilan boğliq böldi.















