Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonga neft va gaz mahsulotlari eksportini kengaytirish bo‘yicha kelishuv imzolandi
«O‘zbekneftgaz» AJ va Pokistonning «AKD Group» korporatsiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.

«AKD Group» va «O‘zbekneftgaz» o‘rtasida Pokistonga neft va gaz mahsulotlarini yetkazib berishni tashkil etish borasida muzokaralar o‘tkazilgan.
Uchrashuv yakunida «AKD Group» va «O‘zbekneftgaz» o‘rtasida eksport masalalari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga oid qator kelishuvlar imzolangan.
Ma'lumot uchun, «AKD Group» investitsiya korporatsiyasiga 1973 yilda asos solingan. Hozirda ushbu kompaniya ko‘chmas mulk, vositachilik va moliyaviy xizmatlar, tabiiy resurslarni qazib olish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kabi sohalarda faoliyat ko‘rsatadi.
Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida eksportni qisqartirib, gazni aholi ehtiyojlariga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgandi.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026