Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya va Avstriya chegarasida uzunligi 40 kilometrli navbat yuzaga keldi
Italiyalik yuk mashinasi haydovchilarining aksariyati Avstriya orqali Germaniyaga o‘tadi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, Avstriyaga kirishda koronavirusga topshirgan testi manfiy chiqqanligi to‘g‘risidagi ma'lumotnomani ko‘rsatish lozim. Buning natijasida Avstriya va Italiya chegarasida ulkan navbatlar paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda Ansa agentligi.
Chegarani kesib o‘tishdan 48 soat avval test topshirilganligi to‘g‘risidagi ma'lumotnomani taqdim etishni Germaniya ham joriy etgan. Italiyalik yuk mashinasi haydovchilarining aksariyati Avstriya orqali aynan Germaniyaga o‘tadi.
Chegarada yuk mashinasi haydovchilari uchun koronavirusga test topshirish va shu zahoti natijani olish mumkin bo‘lgan punktlar ochilgan.
Ammo shunga qaramasdan, yangi tartib ko‘pkilometrli navbatlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. 15 fevral kuni A22 avtoyo‘lidagi yuk mashinalaridan iborat navbatning uzunligi 40 kilometrga yetgan.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
08:51 / 04.06.2026