Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: «Oldin yiliga 2 mlrd dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritildi, deyilardi. Lekin u yolg‘on edi»
Namangan viloyatiga tashrifini davom ettirayotgan prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatga kiritilayotgan investitsiyalar ko‘payayotgani haqida gapirdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Oldin "respublika bo‘yicha yiliga 2 mlrd dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritildi", deb hisobot berilardi. Lekin u ham yolg‘on edi. Hozir Namangan viloyatining o‘zi yiliga 2 mlrd dollardan ko‘proq investitsiya jalb qilyapti.
Biz har bir investorni qo‘llab-quvvatlayapmiz. Ular ham tushunishi kerak, qaysi biri tezroq O‘zbekistonga kirsa, kengroq imkoniyatga ega bo‘ladi», – dedi prezident.
Davlat rahbari 3 million dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobiga 108 gektar maydonda intensiv bog‘ barpo etgan «Sura General Invesmens» MChJ xorijiy korxonasi rahbari Abdulboriy Ayman bilan suhbatlashdi va unga katta ishonch bildirdi.
«Hozir BAAlik investorlar sizni kuzatib turishibdi. Chunki bizning chorlovimizga qaraganda sizning tavsiyalaringiz ularga ko‘proq ta'sir qiladi», – dedi Shavkat Mirziyoyev Abdulboriy Aymanga.
Bunga javoban arab investori faoliyatini kengaytirish niyatida ekanini ma'lum qildi.

«Yaqinda bir guruh do‘stlarim O‘zbekistonga kelishadi, men ularga bu davlatning keng imkoniyatlarini ko‘rsatib bermoqchiman. Biznesimizni faqat qishloq xo‘jaligi bilan cheklab qo‘ymoqchi emasmiz», – dedi Ayman.
Mavzuga oid
21:00
Namanganda eksperiment uchun elektr abonentlari va soliq to‘lovchilar bir-biriga bog‘lab chiqildi
20:03 / 26.03.2026
Namanganda 150 mln dollarlik turistik majmua quriladi
20:03 / 25.03.2026
Enterprise Uzbekistan uchun maxsus huquqiy rejim 2100 yilgacha amal qiladi
19:47 / 25.03.2026