Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron o‘z yo‘lovchi samolyotini qurishni rejalashtirmoqda
Eron o‘z reaktiv yo‘lovchi samolyotini quradi. Bu haqda Eron Fuqaro aviatsiyasi tashkiloti rahbari Turoj Dehqoni Zangane ma'lum qildi.
Samolyot 100 o‘rinli bo‘ladi. Uni yaratish bo‘yicha ishlar Fuqaro aviatsiyasi tashkiloti va mudofaa vazirligi o‘rtasidagi kelishuv doirasida boshlanadi.
“Ayni vaqtda ushbu samolyotni qurish bo‘yicha tadqiqot ishlari boshlandi”, deb ma'lum qilgan Zangane.
Eron fuqaro aviatsiyasining azaliy muammosi eskirib qolgan aviaparki hisoblanadi. Mamlakat ayni vaqtda AQShning qat'iy sanksiyalari ostida bo‘lib, bu unga rivojlanishida to‘sqinlik qilmoqda.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
20:03 / 12.06.2026