Şavkat Mirziyoyev prezidentlikka kelganidan söng Özbekistonda söz erkinligini ta'minlaşga ham jiddiy e'tibor qaratmoqda. Buning ortidan jamiyatda OAV, şu jumladan, blogerlarning ta'siri sezilarli darajada oşmoqda. OAV vakillari kötargan jiddiy muammolar öz yeçimini topa boşladi. Qiziqçi Hojiboy Tojiboyev ta'biri bilan aytganda, bir xor bölgan kasb bir uluğ böla boşladi. Odamlar jurnalistlar bilan «yengi bilan körişmaydigan» böldi.

Biroq sönggi bir neça oydagi qonun ijodkorligi jarayoni, qabul qilingan qonunlar va qabul qilinayotganlari göyoki jurnalist va blogerlarning har bitta qadamini tahlika bilan bosişga majbur qiliş, xato qiladigan bölsa, şafqatsiz jazolaş siyosati olib borilayotganday taassurot qoldirmoqda. Endilikda jurnalist yo blogerlik xuddi dorboz va sapyor kabi xato qilişga haqsiz kasbga aylantirilayotgandek, göyo.

Qonunlar misolida körib çiqamiz

2020 yil 25 dekabr kuni imzolangan 658-sonli qonun bilan şaxsning qadr-qimmati kamsitilişiga yoki uning obrösizlantirilişiga olib keladigan yoki jamoat tartibiga va xavfsizligiga tahdid soladigan yolğon axborotni tarqatganlik uçun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilandi. Yolğon axborot tarqatiş qoralanadigan harakat, buni OAV yoki blogosfera vakilining özi ham ma'qullaydi. Ammo uşbu huquqbuzarlik uçun belgilangan jazolar bilan tanişgan har qanday inson qonunning ezgu maqsadda işlab çiqilganiga şubhalanib qolsa ajab emas. Jazolar quyidagiça:

Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 202-2-moddasiga köra:

  • şaxsning qadr-qimmati kamsitilişiga yoki uning obrösizlantirilişiga olib keladigan yolğon axborotni tarqatiş, şu jumladan, OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmoğida tarqatiş – BHMning 50 baravari - 12 mln 250 ming söm;
  • jamoat tartibiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvçi yolğon axborotni tarqatiş, şu jumladan, OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmoğida tarqatiş – BHMning 50–100 baravari - 12 mln 250 ming sömdan 24 mln 500 ming sömgaça jarima solişga sabab böladi.

Jinoyat kodeksining 244-6-moddasiga köra:

  • şaxsning qadr-qimmati kamsitilişiga yoki uning obrösizlantirilişiga olib keladigan yolğon axborot tarqatiş – BHMning 150 baravarigaça - 36 mln 750 ming söm miqdorida jarima yoki 240 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 2 yilgaça ozodlikni çeklaş bilan;