«Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonunga özgartiş kiritişni nazarda tutuvçi qonun loyihasida qonunni buzgan holda tarqatilayotgan axborot töğrisida murojaatlar yuborilişi uçun blogerlarga öz veb-sayti (sahifasi)ga, şu jumladan, ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi sahifalariga elektron poçta manzilini, öz ism-şarifining boş harflari va familiyasini (jismoniy şaxs uçun) yoki nomini (yuridik şaxs uçun) joylaştiriş majburiyligini belgilaş nazarda tutilmoqda.

«Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonunning 12-moddasiga taklif etilayotgan töldirişga köra, veb-saytning va  veb-sayt sahifasining egasi, şu jumladan, bloger hamma erkin foydalanişi mumkin bölgan axborot joylaştiriladigan internet jahon axborot tarmoğidagi sahifasida:

  • ommaviy tartibsizliklarga, fuqarolarga nisbatan zöravonlikka, belgilangan tartibni buzgan holda ötkaziladigan yiğilişlar, mitinglar, köça yurişlari va namoyişlarda iştirok etişga da'vat qiliş;
  • jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvçi yolğon axborot tarqatiş;
  • jamiyatga, davlatga, davlat ramzlariga (milliy va umuminsoniy qadriyatlarga) hurmatsizlikni namoyon etuvçi beodoblik bilan ifodalangan axborotni tarqatiş;
  • pornografiya, zöravonlik yoki şafqatsizlikni tarğib qiliş, şuningdek, öz joniga qasd qilişga da'vat etiş;
  • voyaga yetmagan şaxslarni ularning hayoti va (yoki) soğliğiga yoxud özga şaxslarning hayoti va (yoki) soğliğiga tahdid soluvçi ğayrihuquqiy harakatlarni sodir etişga undaşga va boşqa tarzda jalb qilişga yönaltirilgan axborotni tarqatiş;
  • referendum töğrisidagi va saylov haqidagi qonunçilikda nazarda tutilgan çeklovlarga rioya etmaslik;
  • fuqarolarning şaxsga doir ma'lumotlarini ularning roziligisiz joylaştiriş;
  • hamma erkin foydalanişi mumkin bölgan axborot joylaştiriladigan internet jahon axborot tarmoğidagi öz veb-sayti va (yoki) veb-sayt sahifalarining, şu jumladan, tezkor xabarlar almaşiş tizimlarining monitoringini uşbu moddaning birinçi qismida körsatilgan axborot va materiallarni aniqlaş maqsadida amalga oşiriş kabi harakatlar taqiqlanmoqda.

Bundan taşqari, sahifa egasi:

  • öziga xabar yuborilişi uçun öz veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga, şu jumladan, tezkor xabarlar almaşiş tizimlariga elektron poçta manzilini, qonunni buzgan holda tarqatilayotgan axborot töğrisida murojaatlar yuborilişi uçun öz ism-şarifining boş harflari va familiyasini (jismoniy şaxs uçun) yoki nomini (yuridik şaxs uçun) joylaştirişi;