«Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi raisi Alişer Qodirovning ma'lum qilişiça, mazkur qonun loyihasida axborot sohasidagi bir qator harakatlar uçun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilaş taklif etilgan.
Jumladan, Jinoyat kodeksining 244-moddasida:
- hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga faollik bilan böysunmaslikka;
- ommaviy tartibsizlikka;
- fuqarolarga nisbatan zöravonlik qilişga ommaviy da'vat qilganlik uçun jinoiy javobgarlikni belgilaş taklif etilmoqda.
Loyihada uşbu jinoyat uçun jarima yoki 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosini joriy etiş taklif etilmoqda.
Şuningdek, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 201-moddasini:
- fuqarolarni Özbekiston qonunçilik hujjatlari talablarini bajarmaslikka yoki buzişga, şu jumladan, ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan, internet jahon axborot tarmoğidan, şuningdek matnni naşr etiş yoki boşqa şaklda köpaytiriş turlaridan foydalangan holda ommaviy da'vat qilganlik uçun BHM 60 baravaridan 80 baravarigaça miqdorda jarima solişni nazarda tutuvçi birinçi qism bilan töldiriş taklif etilmoqda.
Eslatib ötamiz, bundan bir muddat oldin yolğon axborot tarqatganlik uçun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan edi.
Yolğon axborot tarqatganlik uçun javobgarlik belgilandi. Bu nimani anglatadi?















