Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada parranda grippi tarqalishi sababli 120 ming boshdan ortiq tovuq yo‘q qilinadi
Qayd etilishicha, "kasallikning o‘ta xavfli turi" tarqalgan bo‘lishi mumkin.
Niderlandiya janubidagi Sint-Udenrode shahrida joylashgan parrandachilik fabrikasida parranda grippi aniqlandi. Bu haqda mamlakat hukumati saytida ma'lum qilindi.
Qayd etilishicha, "kasallikning o‘ta xavfli turi" tarqalgan bo‘lishi mumkin. Kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida ushbu ferma hamda uning yaqinida joylashgan yana ikkita fermadagi 122 ming bosh tovuq yo‘q qilinadi.
Yaqin uch kilometr radiusdagi yettita parrandachilik fabrikasida esa parranda grippiga muntazam test olinadi.
O‘n kilometr radiusda joylashgan yana 26ta fermaga esa parrandalar va ularning tuxumlarini tashish taqiqlandi.
Avvalroq Rossiyada odamga parranda grippi yuqishi qayd etilgandi.
Mavzuga oid
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
19:11 / 08.06.2026
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
17:17 / 07.06.2026