Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp lavozimidan ketganidan keyin birinchi marta omma oldida chiqish qiladi
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘z lavozimidan ketganidan keyin omma oldida ilk bor chiqish qiladi. Bu haqda The Hill nashri manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Manbalarga ko‘ra, Tramp Orlandoda fevral oxirida bo‘lib o‘tadigan CPAC siyosiy anjumanida ishtirok etadi. Uning tadbirdagi ishtiroki 28 fevralga belgilangan.
Tramp o‘z nutqini AQSh Respublikachilar partiyasi va konservativ harakatga hamda yangi prezident Jo Baydenning migratsiya siyosatini tanqid qilishga bag‘ishlaydi.
Avvalroq Tramp yana prezident lavozimiga o‘z nomzodini ilgari surish rejasini muhokama qilishga tayyor emasligini ma'lum qilgandi.