Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonning ayrim hududlarida karantin cheklovlari yumshatiladi
"Yashil hududlar"da 1 martdan sirk, bilyard klublari, bolalar ko‘ngilochar markazlari odamlar umumiy sig‘imining 30 foizigacha bo‘lgan holatda ishlashiga ruxsat beriladi.
Qozog‘iston hukumati 1 martdan boshlab respublikaning ayrim hududlarida karantin cheklovlarini yumshatishga qaror qildi. Bu haqda Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, "yashil hududlar"da 1 martdan sirk, bilyard klublari, bolalar ko‘ngilochar markazlari odamlar umumiy sig‘imining 30 foizigacha bo‘lgan holatda ishlashiga ruxsat beriladi. Shuningdek, sport tadbirlari va juma namozlari ham xuddi shu talab asosida o‘tkaziladi.
"Sariq hudud"larda esa bozorlar, savdo markazlari va savdo uylariga yakshanba kunlari ham ishlashiga ruxsat beriladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 209,5 mingtani tashkil etadi, 2,5 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026