Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tirbandliklar yuzaga kelayotgan ko‘chalarda qo‘shimcha harakat yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha topshiriq berildi
Yo‘l-transport tizimiga oid loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida yo‘l-transport tizimini yaxshilash va yangi yo‘llar qurishga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Poytaxtimizda transport vositalari soni ortib bormoqda. Ayrim ko‘chalardagi yo‘nalishlar, yo‘l harakati belgilari qatnovga noqulaylik tug‘dirmoqda. Shu sababli yirik ko‘chalar va chorrahalarda tirbandliklar yuzaga kelmoqda.
Ushbu muammoni bartaraf etish, haydovchi va yo‘lovchilarga qulayliklarni oshirish maqsadida muhandislik yechimlari ishlab chiqilgan. Xususan, Mirzo Ulug‘bek tumani hududidagi Parkent ko‘chasi va Kichik halqa yo‘lini Mustaqillik shoh ko‘chasi bilan bog‘laydigan yangi yo‘nalish ochish rejalashtirilgan.
Taqdimotda davlatimiz rahbari Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligiga tirbandliklar yuzaga kelayotgan o‘ndan ortiq ko‘chada qisqa muddatlarda qo‘shimcha harakat yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha topshiriq berdi.



Mavzuga oid
21:22 / 18.04.2026
Transport vazirligi xalqaro yuk tashuvchilarning ruxsatnomalari bilan bog‘liq muammo bo‘yicha izoh berdi
11:25 / 24.03.2026
Jahon banki Surxondaryoda yo‘l qurishga 200 mln dollar ajratadi
17:09 / 07.03.2026
17 ming o‘zbekistonlik Yaqin Sharqdan qaytarildi. Vazirlik turoperatorlarni mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdi
18:08 / 24.12.2025