Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada og‘irligi 400 tonnali xarsangtoshni ko‘zga tashlanadigan qilish uchun 1,5 mln yevro sarflanadi
"Katta tosh" deb nom olgan bu xarsangtosh bu yerga qariyb 10 ming yil avval Boltiq dengizidagi Bornxolm orolidan kelib qolgan.
Germaniyaning Altentreptov shahrida og‘irligi 400 tonnani tashkil etuvchi qadimiy xarsangtoshni yerdan qazib olish va turistlar ko‘ziga tashlanadigan qilish uchun ko‘tarish ishlari boshlandi.
"Katta tosh" deb nom olgan bu xarsangtoshning og‘irligi 400 tonna atrofida bo‘lib, u bu yerga qariyb 10 ming yil avval Boltiq dengizidagi Bornxolm orolidan kelib qolgan. Undan ham katta va og‘irligi 550 tonnali yana bir xarsangtosh Ryugen oroli oldida bo‘lib, Buskam xarsangtoshi deb ataladi.

Uni yerdan qazib olishga 240 ming yevrodan ortiqroq mablag‘ sarflanadi, loyihaning umumiy qiymati esa 1,5 million yevroni tashkil etadi.

Meklenburg soliq to‘lovchilar ittifoqi loyiha xarajatlarini juda yuqori deb baholadi va uni budjet mablag‘larining noo‘rin sarflanishi sifatida o‘zining "qora kitob"iga kiritdi.
Mavzuga oid
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026