Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Nyu-Yorkda vaksinaning foydasini kamaytiradigan koronavirusning yangi shakli tarqaldi
Nyu-Yorkda koronavirusning V.1.526 deb nomlangan yangi shakli tarqalmoqda. Bu haqda The New York Times nashri Kaliforniya texnologiya instituti va Kolumbiya universiteti tadqiqotlariga asoslanib xabar berdi.
Virusning ushbu turi Nyu-Yorkda 2020 yil noyabr oyida aniqlangan.
Joriy yilning fevral oyi o‘rtalariga kelib GISAID xalqaro ma'lumotlar bazasidan foydalangan olimlar shaharda ro‘yxatga olingan virus turlari orasidan ushbu turining genomlari ulushi 27 foizni tashkil etishini aniqladilar.
Ma'lumki, V.1.526 Ye484K mutatsiyasini ham o‘z ichiga oladi, shu tufayli yangi koronavirus shtammlari immunitet reaksiyasidan qochmoqda. Bundan tashqari, ushbu mutatsiya COVID-19’ga qarshi emlashlar samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Avvalroq, olimlar koronavirusning yangi “yapon” turi topilganligini e'lon qilishgan edi.
Mavzuga oid
08:06 / 13.05.2026
Nyu-Yorkdan Londonga 3,5 soatda: yangi aviatsiya davri boshlanmoqda
12:21 / 01.01.2026
Zohran Mamdani – Nyu-Yorkning ilk musulmon meri Qur’on bilan qasamyod qildi
17:49 / 13.09.2025
Tramp Nyu-Yorkda Qatar bosh vaziri bilan tushlik qildi
21:33 / 28.05.2025