Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baydenning AQSh Kongressidagi partiyadoshi Suriyaga zarba berish qarorini qoraladi
Kaliforniyalik demokrat Ro Xannaning aytishicha, AQSh prezidenti bunday qarorlarni qonun chiqaruvchilarga murojaat qilmasdan ularning roziligisiz qabul qilmasligi kerak.
Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatidagi Iroqqa qo‘shni hududlarga AQShning havo hujumlari uyushtirishiga hech qanday asosi yo‘q edi. Bu haqda AQSh Kongressi Vakillari palatasi a'zosi, Kaliforniya shtati demokrati Ro Xannaning 26 fevraldagi yozma bayonotida aytilgan.
“Bu qarori bilan Jo Bayden Yaqin Sharqda zarba berishni buyurgan AQShning yettinchi prezidentiga aylandi. Prezidentning Kongress ma'qullamagan holda “yaqinlashayotgan tahdidga qarshi o‘zini himoya qilish” deb hisoblanmaydigan harbiy hujumni sanksiyalashiga mutlaqo asos yo‘q edi. Biz Yaqin Sharqda vaziyatni og‘irlashtirishimiz emas, u yerdan chiqib ketishimiz lozim”, deya ta'kidladi demokrat.
Xannaning ta'kidlashicha, Amerika prezidenti “qonun chiqaruvchilarning to‘g‘ridan to‘g‘ri ma'qullashisiz bunday harakatlarni qilmasligi kerak” va bu masalada eskirgan ma'lumotlarga tayanmasligi lozim.
“Men 45-prezident Donald Tramp davrida ham bu tugamaydigan urushga qarshi chiqdim va hozirgi demokrat prezident davrida ham unga qarshi chiqaman”, dedi kongressmen.
“Biz Yaqin Sharqdagi mojarolarni avj oldirishga emas, balki urushlarni tugatishga intildik. Bizning tashqi siyosatimiz diplomatiya va qonun ustuvorligiga asoslangan bo‘lishi kerak, Kongress ma'qullamagan holda qasoskor havo hujumlariga emas”, deb xulosa qilgan demokrat.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
09:45 / 13.06.2026