Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik diplomatlar KXDRni temir yo‘l vagonida tark etishga qaror qilishdi
Foto: Gazeta.Ru
Rossiya diplomatlari o‘zlari mustaqil holda Koreya Xalq Demokratik Respublikasidan (KXDR) chiqib ketishga qaror qildilar, yo‘lning bir qismini temir yo‘l vagonini itarib bosib o‘tishlariga to‘g‘ri keldi. Bu haqda diplomatlardan biri Vladislav Sorokin aytib bergan, deb xabar berdi “TASS” axborot agentligi.
Sorokinning so‘zlariga ko‘ra, KXDR chet elliklar uchun Xitoy hududidan chiqib ketish uchun kanal yaratgan, ammo bu rus diplomatlariga to‘g‘ri kelmagan.
“Bizda uchta oila ketayotgan edi, ularning har birida o‘z shart-sharoitlari bor. Hech qanday shoshilinch narsa yo‘q, ammo shunga qaramay vaziyat tezkor ravishda Xitoyga emas, Rossiyaga jo‘nab ketishimizni talab qilar edi”, deb tushuntirgan diplomat.
25 fevral kuni rossiyalik diplomatlarning KXDRdan uylariga oilalari bilan qaytib kelishi haqida ma'lum bo‘ldi. Buning uchun ular poyezdda 32 soat, chegaragacha avtobusda ikki soat, keyin chegaradan temir yo‘l vagonini o‘zlari itarib o‘tishlariga to‘g‘ri keldi.
Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova chegaralar bir yildan buyon yopiq bo‘lganini va Pxenyan bilan yo‘lovchilarni olib o‘tish borasidagi xabarlar ham to‘xtatilganini tushuntirdi.
Mavzuga oid
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
11:53 / 17.01.2026
Sud Rossiya bankining Euroclear’ga qarshi da’vosi bo‘yicha birinchi eshituvni o‘tkazdi
10:06 / 17.01.2026
BBC va “Mediazona” Rossiyaning 163 ming harbiysi halok bo‘lganini tasdiqladi
09:45 / 17.01.2026