AQSh kompaniyasi xususiy kosmik mehmonxona qurishni rejalashtirmoqda
Stansiya 400 nafargacha kishini sig‘dira oladi. Unda restoran, bar, tomosha zali, kinoteatr va konsert maydonchasi, kutubxona, sport zali va spa-salonlar joylashadi. Mehmonlar o‘lchami 20x12 metr bo‘lgan 24ta modulda yashaydi.
Orbital Assembly Corporation kompaniyasi Voyajyer loyihasi - sun'iy gravitatsiyali ilk orbital mehmonxona to‘g‘risida batafsil ma'lumot berdi, deb yozadi Space.com.
Voyajyer stansiyasi konsepsiyasini bir paytlar mashhur olim, NASA Apollon dasturi asoschilaridan biri Verner fon Braun o‘ylab topgan.
Konsepsiyaga ko‘ra, 200 metrli halqa yo‘lovchilar uchun sun'iy gravitatsiya hosil qilgan holda aylanib turadi.
Stansiya 400 nafargacha kishini sig‘dira oladi. Unda restoran, bar, tomosha zali, kinoteatr va konsert maydonchasi, kutubxona, sport zali va spa-salonlar joylashadi. Mehmonlar o‘lchami 20x12 metr bo‘lgan 24ta modulda yashaydi.
Kompaniya Mars yaqinida diametri 61 metrli halqa prototipini quradi. Konstruksiyani STAR roboti yig‘adi. U dastlab Kaliforniyada sinovdan o‘tkaziladi.
Konsepsiya g‘oyasiga ko‘ra, mehmonxona kosmik turistlar, olimlar va kosmik agentliklar uchun mo‘ljallangan.
Kompaniya stansiya qurilishini 2025 yilda boshlab, bir necha yil ichida yakuniga yetkazishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
22:10 / 19.11.2024
Xitoy kosmik stansiyasida tajribadan o‘tgan zaytun danaklari Yerda unib chiqdi
12:30 / 01.10.2024
O‘zbekistonda “Butunjahon kosmos haftaligi” o‘tkaziladi
14:20 / 16.09.2024
Polaris Dawn kosmik missiyasi ekipaji Yerga qaytib keldi
21:36 / 10.09.2024