AOKAda ötkazilgan brifingda Maktabgaça ta'lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxöjayeva tizimda aniqlangan qonunbuziliş holatlari haqida ma'lum qildi.
«Içki audit xizmati tomonidan 2020 yil davomida maktabgaça ta'lim bölimlari va maktabgaça ta'lim taşkilotlarida ötkazilgan 611ta nazorat tadbirida jami 51,8 mlrd sömlik moliyaviy xato va kamçilik aniqlandi. Jumladan:
- noqonuniy xarajat va kamomadlar - 23,4 mlrd sömni (45 foiz);
- davlat xaridi qonunçiligi talablarining buzilişi - 11,2 mlrd sömni (21,6 foiz);
- buxgalteriya hisobi qoidalarining buzilişi va boşqa moliyaviy xato kamçiliklar - 11,9 mlrd sömni (22,9 foiz);
- budjet va taşkilot hisobiga qöşimça hisoblangan daromadlar - 5,3 mlrd sömni (10,3 foiz) taşkil etdi», dedi vazirlik axborot xizmati rahbari.
Şuningdek, kuzatilgan qonunbuziliş holatlarini, asosan, oylik iş haqi va rağbatlantiriş mablağlari notöğri sarflanişi, oziq-ovqat mahsulotlariga qilingan noqonuniy va ortiqça tölovlar, ota-onalar tölovlarini kassaga kirim qilmaslik kabilar taşkil etişi aytildi.
«Maktabgaça ta'lim bölimi va maktabgaça ta'lim taşkilotlari tomonidan xodimlarning oylik iş haqi va rağbatlantiriş mablağlaridan 10,1 mlrd söm noqonuniy va ortiqça tölovlarga yöl qöyilgan.
Soxta taomnomalar tuzib, haqiqatda sarflanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini xarajatga çiqariş, kamomad va me'yorga nisbatan ortiqça hisobdan çiqarilişi kabi holatlar orqali 3,6 mlrd söm notöğri sarflangan.
Ota-onalar tölovlarini kassaga kirim qilmaslik orqali 531,5 mln söm mablağlar noqonuniy özlaştirilgan.
Muddati ötgan 805 mln söm debitor qarzdorliklarga yöl qöyilgan va undiriş çoralari körilmagan, 59,6 mln sömlik debitor qarzdorliklar hisobotlardan yaşirilgan.
Haqiqatda yetkazib berilmagan tovar va xizmatlar uçun asossiz ravişda mablağlar turli ta'minotçi korxonalar hisobiga ötkazib berilgan.
Xaridlarning raqobatga asoslangan usullarini çetlab ötib, «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonun talablariga zid ravişda 11,2 mlrd sömlik şartnomalar tuzilgan.
Profilaktika işlari natijasida, ya'ni ortiqça boyliklarni kirim qiliş, asossiz hisoblanmagan badal tölovlarini hisoblaş, asossiz hisoblangan kreditor qarzdorliklarni kamaytiriş, mulkni sotişdan tuşgan mablağlarning 50 foizini mahalliy budjetga yönaltiriş kabi yöllar bilan 5,3 mlrd söm budjet va maktabgaça ta'lim taşkiloti foydasiga qöşimça hisoblandi», deya ma'lumotlarni oçiqladi Mavluda Asqarxöjayeva.











