Xalqaro valuta jamğarmasi missiyasi Özbekistonga taşrifi yakunlari bilan öz xulosalarini e’lon qildi.
2025 yilning töqqiz oyida real YaIM 7,6 foizga oşgan, bu esa investitsiyalar hajmining yuqoriligi va uy xöjaliklari iste’molining ösişi bilan izohlanadi. Talab ortganiga qaramay, umumiy va bazaviy inflatsiya sur’atlari sekinlaşgan va oktyabr oyi oxirida mos ravişda 7,8 foiz hamda 6,6 foizni taşkil etgan.
Inflatsiyaning sekinlaşişiga sabab bölgan omillar qatorida ötgan yili energiya resurslari uçun narxlarni oşiriş ta’sirining pasayişi, real ayirboşlaş kursining mustahkamlanişi va pul-kredit siyosatining çeklovçi xususiyati saqlanib qolinayotgani keltirib ötilgan.
«Joriy operatsiyalar hisobi taqçilligi yilning birinçi yarmida sezilarli darajada qisqardi. Bu oltin narxlarining yuqoriligi, oltinga boğliq bölmagan eksportning faol ösişi va katta hajmdagi pul ötkazmalari bilan boğliq. Oktyabr oxiriga kelib, xalqaro zaxiralar potensial importning 12 oylik darajasiga yetdi», deyiladi bayonotda.
XVJning qayd etişiça, inflatsiya yuqorilaş xavfi budjetga rejalaştirilganidan oşiqroq tuşayotgan daromadlar, xususan, oltindan olinadigan daromadlarni köproq sarflaş amaliyoti, şuningdek, direktiv va imtiyozli kreditlaş dasturlarini kengaytiriş bosimi bilan boğliq. Bu esa talab yuqori bölgan şaroitda iqtisodiyotning “qizib ketişi”ga olib kelişi mumkin.
“Iqtisodiy faollikning kutilganidan yuqori ösişi va oltin narxining oşişi tufayli budjetga rejalaştirilganidan köra köproq daromad tuşişiga javoban davlat xarajatlarni oşiriş böyiça harakatlarni minimallaştirişi juda muhimdir”, — deyiladi XVJ bayonotida.
Xalqaro ekspertlar kelgusida rejalaştirilmagan qöşimça daromadlar hisobidan xarajatlarni köpaytiriş taşabbuslarini çeklaşni tavsiya qilyapti. Bu inflyatsion bosimni pasaytiriş, real ayirboşlaş kursining ortiqça mustahkamlanişining oldini oliş va oltin narxlari tuşgan taqdirda keskin tuzatişlarga ehtiyoj yuzaga kelib, makroiqtisodiy tebranişlarni kuçaytiriş xavfini kamaytirişga xizmat qiladi. Şuningdek, budjet uçun bufer zaxiralarini töplaş imkonini yaratadi.












