Sardoba suv omborini qayta quruvchi kompaniya tender orqali aniqlanadi
Qurilish vaziri Botir Zokirov 1 mart kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Sardobadagi o‘pirilgan to‘g‘onni ta'mirlash, yetkazgan zararlar o‘rnini to‘ldirish ishlari «To‘palangsuvGESqurilish» MChJ, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga yuklatilganini ma'lum qildi.

«Vazirlar Mahkamasi taklifi bilan qaror ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, o‘pirilgan to‘g‘onni ta'mirlash, yetkazgan zararlar o‘rnini to‘ldirish ishlari «To‘palangsuvGESqurilish» MChJ va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga yuklatilgan. Ular o‘zining hisobidan bu ishlarni amalga oshirmoqda. Bu – birinchi bosqichdagi ish. Bu ishlar uchun davlat budjetidan bir so‘m sarflanmayapti.
Keyingi bosqichda suv omborini qayta qurishga oid loyihalarimiz xalqaro ekspertizadan o‘tkazilganidan so‘ng tenderga qo‘yiladi. Tender shaffoflik asosida o‘tkaziladi va unda kim yutib chiqishini vaqt ko‘rsatadi.
Oldindan bir narsa deya olmaymiz. Qayta qurish jarayoni qachon boshlanishi ham aniq emas. Chunki to‘g‘onni qayta tiklash ancha vaqt oladi, buyog‘iga shoshilib bo‘lmaydi.
Hozir mavjud suvni ushlab turish uchun betondan to‘g‘on qilindi. Suv omborning tabiiy qozonchasida suv bo‘ladi, to‘g‘on qismigacha chiqmaydi. Suv kerak, hududdagi minglab gektar yerlarni sug‘orish kerak», deya qurilish vazirining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Botir Zokirov ikkinchi bosqichdagi ishlarni bajaradigan kompaniya tender orqali aniqlanishini ma'lum qilgan.
«Qurilish vazirligining asosiy maqsadi loyiha qurilishlarida haqiqiy raqobat muhitini tashkil etishimiz kerak. Endi «To‘palangsuvGESqurilish» MChJ haqida ham gapirsam, bu – ko‘zga ko‘ringan tashkilotlardan biri, Buxoroda yirik xalqaro loyihamiz bor, xorijiy mablag‘lar hisobiga quriladigan. O‘shanda «To‘palangsuvGESqurilish» MChJ 6-7ta chet ellik tashkilotlar orasida tenderni yutib chiqdi, sifati jihatdan ular olib borayotgan ishlarga mening e'tirozim yo‘q. Sal shoshilmaylik, hamma javoblar chiqadi, kim nima ayb qilgani», deya qo‘shimcha qildi u.
Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev ham suv omborini kim qayta qurishi xalq bilan maslahatlashilishini, shundan so‘ng tender o‘tkazilishini ma'lum qilgan.
«Hamma obektlarni «To‘palangsuvGESqurilish» MChJ qurayotgani yo‘q. Masalan, Markaziy Farg‘ona suv ombori, Bulung‘urda suv ombor qurilyapti va ularni boshqalar quryapti. U yerda shaffof tenderlar bo‘ladi. Hozir tashkilotlarimiz texnikalar olyapti, tajriba orttiryapti, hozir tenderlar butunlay yangicha, shaffof bo‘ladi. Hatto tender a'zolari bilmaydi qaysi hujjat qaysi tashkilotniki ekanligini.
Hozir vaqtinchalik to‘g‘on bo‘ldi, u jarayonda «To‘palangsuvGESqurilish» MChJ qatnashdi. Lekin ikkinchi bosqichda shaffof tender bo‘ladi. Hali loyihaning o‘zi tugallanmagan, u tugallanadi, xalq bilan maslahatlashiladi, so‘ng tender bo‘ladi.
Yana bir masala, moliyalashtirish masalasida juda ko‘p qiyinchiliklar bo‘lgan. Shu obekt qurilishida ko‘p ishlarni birdaniga katta mablag‘ sarflab qilish kerak. «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi shunga qodir edi. Jarayonni qarasangiz ham doim biz buyurtmachi sifatida ulardan qarzdor bo‘lib turganmiz, ya'ni moliyalashtirish masalasida qiyinchilik», deydi Shavkat Hamroyev.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sirdaryoda ag‘darilgan yuk mashinasida qolib ketgan haydovchi qutqarildi
Jamiyat | 13:18
-
Noqonuniy imoratlar haqidagi ma’lumotlarni Qurilish vazirligiga yuborish mumkin
O‘zbekiston | 13:10
-
Berbok: Germaniya hukumati «Shimoliy oqim-2» qayta ishga tushirilishiga qarshi
Jahon | 12:54
-
Hollivud aktyori Vel Kilmer vafot etdi
Jahon | 12:40
Mavzuga oid

18:00 / 17.07.2024
«Trest 12»ga tendersiz loyihalar, bajarilmagan va’da va “yengilmagan” korrupsiya – Botir Zokirovning 5 yili

12:05 / 17.07.2024
Botir Zokirov qurilish vaziri lavozimidan ketdi

15:28 / 16.05.2024
Toshkentda Botir Zokirov memorial muzeyi barpo etiladi

22:35 / 07.05.2024