Quriliş vazirligi Loyiha-qidiruv taşkilotlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği Nasrullo Boboyev Daryo.uz muxbiri bilan suhbatda qaror asosida juda katta hajmdagi muhandislik-qidiruv işlari amalga oşirilayotgani, xususan, laboratoriya tahlillari olinib, ilmiy-texnik asoslaş maqsadida izlanişlar davom etayotganini tasdiqlagan.

«Obektning amaldagi holati dastlabki loyiha yeçimlariga qançalik muvofiqligi ham tekşirilmoqda. Bu örganişlar ertaga şunday noxuş holat yana takrorlanmasligi uçun, şu kabi falokatlarning oldini oliş uçun qilinmoqda», degan vazirlik mas'uli.

Suv omborini qayta quriş böyiça loyiha taşkiloti tomonidan loyiha-smeta hujjatlari işlab çiqilgan bölib, unga köra obektda tiklaş işlari ikki bosqiçda amalga oşiriladi. Biroq quriliş muddatlari ma'lum qilinmagan.

«Sababi — bu xizmat doirasida foydalaniş uçun belgilangan hukumat qarori. Hukumat tomonidan grafik qilingan va mas'ul xodimlar belgilangan. Reja böyiça tegişli vazirlik va idoralarning biriktirilgan taşkilotlari öz işini qilmoqda», degan Boboyev.

Birinçi bosqiçda töğon yon-bağirlarida hosil bölgan yoriqlarni texnik nuqtayi nazardan bartaraf etiş va qayta işga tuşiriş közda tutilgan. Bunda ularning suvni qabul qila oliş qobiliyati va boşqa ilmiy-texnik izlaniş natijalari örganib çiqiladi.

Xulosalar qabul qilinib, ilmiy-texnik izlanişlar yakunlangaç, töğonni tiklaş işlari ikki bosqiçda amalga oşiriş rejalaştirilgan. Boboyevning qöşimça qilişiça, hozirda Suv xöjaligi vazirligi mutaxassislari boşçiligida omborning suv bosimiga bardoşlilik qobiliyati, unga aslida qança miqdorda suv töldiriş mumkinligi ilmiy örganilmoqda.

«Holat qöşni davlatlarga ham taalluqli bölgani bois ilmiy örganişlarga nafaqat mahalliy mutaxassislar, balki çet el ilmiy-tadqiqot markazlari ham jalb qilingan. Bunda bir neça mustaqil ekspertlar guruhi qilingan işlar natijalarini tahlil qiladi va öz xulosalarini beradi. Şundan kelib çiqib, keyingi bosqiç işlari davom ettiriladi», degan Boboyev.

Kun.uz uşbu loyihaning moddiy tarafiga (qiymati) hamda qaysi kompaniya tomonidan qurilişiga aniqlik kiritiş uçun vazirlik boşqarma boşliği Nasrullo Boboyev bilan boğlandi. Lekin Boboyev hozir bu haqda gaplaşa olmasligini, keyinroq batafsil izoh berilişini ma'lum qildi.