Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vaziri Botir Zokirov soğligi tufayli lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda iqtisodiy ösiş sur’atlari böyiça videoselektorda ma’lum qilindi.
Vazirning birinçi örinbosari Şerzod Hidoyatov vazir vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.
Yiğiliş kun tartibidagi navbatdagi masala – quriliş va transport kompleksidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Quriliş sohasi yarim yilda 10 foizga ösib, 80 trillion sömga yetdi. Şunday bölsa-da, xotirjamlikka berilmay, qurilişda tannarxni pasaytiriş böyiça jiddiy şuğullanadigan vaqt kelgani ta’kidlandi.
Quriliş tannarxi faqat yer va quriliş materiallariga boğliq emasligi, texnik talablarni moslaştiriş, loyihani kelişiş, qurilişga ruxsat olişdagi murakkab tartibotlar ham tannarxga ta’sir qilişi qayd etildi.
Bu boradagi jarayonlar takomillaştirilib, tadbirkorlar uçun şaroitlar yaxşilansa, quriliş materiallari, eltexsanoat, ipoteka xizmatlari kabi yondoş sohalar rivojlanişiga katta turtki böladi.
Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vaziri Botir Zokirov soğligi tufayli lavozimidan ozod etildi, vazirning birinçi örinbosari Şerzod Hidoyatov vazir vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.
Ma’lumot uçun, Botir Zokirov 2018 yil aprelidan quriliş vaziri birinçi örinbosari bölgan, 2019 yil sentabrida rasman quriliş vaziriga aylangandi.
Şerzod Hidoyatov 2021 yil yanvarida uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri etib tayinlangan, 2023 yil yanvarida uşbu vazirlik quriliş vazirligiga qöşilgaç, vazirning birinçi örinbosari bölib qolgandi.








