Kun.uz muxbiriga köra, Özbekiston Yoşlar işlari agentligi tomonidan taşkillangan tadbirda yozuvçi, şoir va adabiyotşunos olimlar, kitobxon hamda yozuvçining oila a'zolari iştirok etgan.

Roman ötgan asrning yigirmançi yillarida Germaniyada tahsil olgan va sobiq Sovet Ittifoqi tomonidan şafqatsizlarça qatl qilingan özbek millati yigit-qizlarining xotirasiga bağişlangan.

Javlon Jovliyev

Unda Germaniyada öqigan talabalar, ular maslagi va fojiali qismati bugungi yoşlar maqsadi bilan bir taroziga tortiladi.Şu boisdan, asarni millatning ğami, alami, qusurlarini yaxşi his qilgan yozuvçining şu millatni uyğotişga intilişi, ovozi, çorlovi sifatida ham baholaş mumkin.

Tadbir davomida akademik Naim Karimov söz olib, roman mutolaasidan keyingi xulosalari haqida gapirdi.

«Romanni öqib çiqdim. U bugungi yoşlarning ongini, bilimga intilişini kötaradigan, ruhiyatidagi qörquvni yöqotişga çindan yordam beradigan roman bölgan», – dedi u.

Filologiya fanlari doktori Bahodir Karimovga köra, «Qörqma» romanini özbek adabiyotidagi yangi bosqiç sifatida baholaş mumkin.

«Özbek adabiyotida 500ga yaqin romanlar yozilgan. Agar adabiyotimizdagi har bir romanni ramziy tarzda yöldagi bekatlar deb olsak, «Qörqma» bu yölda şunday bir bekatki, unda özbek öquvçilari uzoq ötiriş, öylaş va aççiq xulosalar qilişga majbur böladi», dedi professor.

Tadbir yakunida yozuvçi Javlon Jovliyev Kun.uz muxbiriga roman yozilişiga sabab bölgan holat va maqsadlar haqida gapirib berdi.

8vpVIJfgb70L3SMEHb-d-H_y0BUJUPYC.jpg (1280×853)

«Roman jadidlar tomonidan Germaniyaga yuborilgan 70 talaba taqdiri haqida. Bu talabalar taqdiri bilan 2016 yilda, «Ular Germaniyada öqigan edilar» nomli kitob orqali tanişgandim.

Men öşa paytda talaba edim, yotoqxonada yaşardim. Kitobni tugatgan kuni men özimda emasdim. Meni ularning taqdiri bilan atrofimdagi talabalar, özim, umuman, biz tuşib qolgan ahvol oğriq bilan, tinimsiz qiynay boşladi.