Jons Hopkins universiteti ma'lumotiga köra, pandemiya davrida dunyoda koronavirusga çalinganlar soni 115 millionga yaqinlaşgan, 2,5 milliondan ortiq kişi halok bölgan.

Twitter Yaqin Şarqdagi segment uçun koronavirus haqidagi tekşirilmagan va çalğituvçi postlarni şubhali postlar sifatida belgilamoqda. Mintaqaning köplab mamlakatlarida kasallik va vaksinalar töğrisidagi yolğon ma'lumotlar tarqatilişi katta muammoga aylangan, ularning ayrimlarida bunday yolğon postlar uçun katta jarimalar va boşqa jazo turlari joriy etilgan.

Vaksinalar keksalar orasida koronavirusdan ölim darajasini pasaytirdi
Pfizer va AstraZeneca vaksinalarining birinçi dozasi qabulidan keyin 80 yoşdan oşgan britaniyaliklarning şifoxonaga tuşiş darajasi 80 foizga kamaygan. Bu haqda Buyuk Britaniya jamoat soğliğini muhofaza qiliş xizmati (PHE) ma'lumotida keltirilgan.

Bu borada dunyo statistikasi biroz pastroq. 70 yoşdan oşganlar guruhida Pfizer vaksinasining birinçi dozasi kasallikning oğir şaklidan örtaça 60 foizga himoyalaydi, AstraZeneca esa 60-73 foizga.

Şuningdek, Pfizer vaksinasi keksa yoşlilar örtasida Covid-19’dan ölimlar darajasini 80 foizga kamaytirgan. AstraZeneca böyiça bunday ma'lumotlar hozirça yöq. AstraZeneca’dan foydalaniş Yevropa regulyatori tomonidan ma'qullangan, ammo YeIning köplab davlatlari klinik sinovlar yetarli bölmagani vaji bilan uni 65 yoşdan oşganlarga qöllaşga şoşilmayapti.

Ammo seşanba kuni Fransiya soğliqni saqlaş vazirligi AstraZeneca uçun «yaşil çiroq»ni yoqdi. Fransuz amaldorlarining sözlariga köra, bu preparat keksa organizmga ta'sir körsatişi haqida ma'lumotlar köpaygani bilan izohlanadi. Ammo, tibbiyotçilarning fikriça, bu qaror boşqa vaksinalar - Pfizer va Moderna yetkazib berilişidagi keçikişlar bilan ham boğliq.

Hozirda butun Yevropa böylab vaksinalarni yetkazib berişda muammolar kuzatilmoqda, şu tufayli Fransiya ortidan YeIning boşqa davlatlari ham AstraZeneca’ni yoşi kattalar uçun qöllaşga ruxsat berişi kutilmoqda.

AQŞ yangi tahdid qarşisida
Şu bilan birga, butun dunyodagi mutaxassislar koronavirusning yangi ştammlari vaksinatsiya kampaniyasini xavf ostiga qöyişi va mavjud vaksinalarning samaradorligini sezilarli darajada kamaytirişidan xavotirga tuşişmoqda.

AQŞda kasallaniş körsatkiçlari böyiça yana ösiş qayd etildi: ötgan haftada yangi kasallanganlar soni har kuni örtaça 70 mingga ortgan, kasallik qurbonlari soni 2 mingga.