Jahon | 23:57 / 04.03.2021
4416
1 daqiqa o‘qiladi

Eron AQSh sanksiyalaridan ko‘rgan zararni 200 milliard dollarga baholadi

Eronning 3 yil avval AQSh tiklagan sanksiyalardan ko‘rgan zarari 200 mlrd dollardan oshib ketdi. Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ma'lum qildi. 

Foto: Reuters

Eron rahbarining ta'kidlashicha, Tehron AQShning Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvga qaytishi sharti sifatida zararning qoplanishini talab qilmoqchi emas.

“Ba'zi do‘stlarimiz AQSh bilan gaplashishdan oldin undan tovon puli talab qilishgan. AQSh sanksiyalaridan oxirgi 3 yilda ko‘rilgan zarar 200 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qildi. Biroq biz do‘stlarimizga tovon so‘rashni keyinroqqa qoldirishni va AQSh yadro kelishuviga sanksiyalarni bekor qilib qayta olishi mumkinligini aytdik”, deb aytgan Ruhoniy.

Eron yadro dasturi bo‘yicha harakatlar rejasi Eron va xalqaro vositachilar oltiligi – BMT Xavfsizlik kengashining 5ta doimiy a'zosi va Germaniya tomonidan 2015 yil iyulda imzolangan.

Biroq 2018 yil may oyida AQSh kelishuvdan chiqib ketgan va Eronga qarshi sanksiyalarni tiklagan. Biroq AQShning yangi prezidenti Jo Bayden ba'zi shartlar bilan kelishuvga qaytishga tayyorligini bildirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid